General-mayor Ravshan Xaydarov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarligiga tayinlandi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Bundan avval Ravshan Xaydarov FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ravshan Haydarov ko‘p yillar davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Sirdaryo viloyatida rahbarlik qilgan.