FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 8 yanvar kuni soat 03:41 da Xorazm viloyati, Xiva shahar, Islomxo‘ja ko‘chasi, 6-uyda sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘ldi.

Uyning devorlari va tomi qulagan hamda 70 kv.m. maydonida tom bostirmasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 04:50larda uy egasi qizining (2005 y.t.) jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib chiqildi. Yong‘in oqibatida uy egasi Sh. E.ning yuz qismi, qo‘llari 22% termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan chaqnashning asosiy sababi tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi deb taxmin qilinmoqda.