28 iyun kuni ertalab Jizzax shahridagi O. Azimov ko‘chasidagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Natijada ikkita mashina yonib ketdi.

Yong‘in Matiz hamda Nexia rusumli avtomashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois kelib chiqqan.

Hodisa joyiga yetib kelgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida yong‘inni o‘chirgan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.