FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 14 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqalgan.

Tojikiston FVV suv omborining ish faoliyati normal ish rejimida ekanligini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, ushbu xabar Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyg‘otgan va ayrimlar o‘z yashash hududini tark etmoqchi bo‘lgan.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev tumanlarga yetib borib, aholiga xabar asossiz ekanligini ma’lum qilgan.

Barchadan yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslik va sarosimaga tushmaslik iltimos qilingan.