Bugun, 1 iyul kuni soat 14:25 da Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘li “Qamchiq” dovonining 260-kilometrida Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi yetib borgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini o‘chirishgan.

Hodisa natijasida yoqilg‘i quyish mashinasining salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.