«fvv» tegli maqolalar


Bo‘stonliq tog‘laridagi soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
5 yanvar 2023, 11:44

Bo‘stonliq tog‘laridagi soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ga dam olish maqsadida chiqib, ulardan biri soyga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib qoldi va pastga olib tushdi.

Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia-2 olib chiqildi
4 yanvar 2023, 13:13

Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia-2 olib chiqildi

Chortoq tumanida boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketgan Nexia-2 FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi. Mashina salonida ikki kishi bo‘lgan.

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani rad etildi
29 dekabr 2022, 14:36

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani rad etildi

Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.

Xo‘jakent tog‘larida sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan sayyohga yordam ko‘rsatildi
5 dekabr 2022, 20:02

Xo‘jakent tog‘larida sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan sayyohga yordam ko‘rsatildi

FFV qutqaruvchilari Toshkent viloyatidagi Xo‘jakent tog‘larida 1700 metr balandlikda ahvoli yomonlashib qolgan sayyohga yordam ko‘rsatdi.

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
17 noyabr 2022, 09:51

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi. Ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.

Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi
9 noyabr 2022, 10:08

Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konlarning 120 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yana bir bola ariqning panjarasiga tiqilib qoldi. FVV yana ota-onalarga murojaat qildi
9 sentabr 2022, 10:06

Yana bir bola ariqning panjarasiga tiqilib qoldi. FVV yana ota-onalarga murojaat qildi

Toshkentda 11 yoshli bolaning oyog‘i ariq panjarasiga qisilib qoldi. Shu kabi holat avvalroq Sirdaryoda ham kuzatilgandi. FVV yana bir marta ota-onalarni o‘z farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

Yoz mavsumida 142 nafar fuqaro suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi
6 sentabr 2022, 18:33

Yoz mavsumida 142 nafar fuqaro suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi

Yoz mavsumi davomida 142 nafar fuqaro, shundan 51 nafari cho‘milish, 85 nafari esa ehtiyotsizlik oqibatida suvda cho‘kib ketdi, deya ma’lum qildi FVV. Cho‘kkanlarning 45,3 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etdi.

Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga oid axborotni yashirish qonun bilan taqiqlanmoqda
18 avgust 2022, 16:01

Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga oid axborotni yashirish qonun bilan taqiqlanmoqda

Aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Hujjatda favqulodda vaziyatlar darajasiga qarab hokimlar yoki hukumat tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Qolaversa, FV bo‘yicha axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki yolg‘on axborot berish taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Bo‘stonliqda tog‘dan tusha olmay qolgan bobo va uning 4 nabirasi qutqarildi
17 avgust 2022, 21:58

Bo‘stonliqda tog‘dan tusha olmay qolgan bobo va uning 4 nabirasi qutqarildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bobo va uning to‘rt nabirasi toqqa chiqib, tusha olmay qolishdi. Chimyon tog‘-qutqaruv otryadi mutaxassislari ularga yordamga kelishdi.

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani rad etildi
16 iyul 2022, 15:24

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani rad etildi

FVVning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Hozirda Oqsuv-Ayuli kasalxonasida jarohatlangan besh nafar o‘zbekistonlik davolanmoqda.

Senatorlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonunni ma’qulladi
11 iyul 2022, 15:45

Senatorlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonunni ma’qulladi

Senat favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, uning oqibatlarini bartaraf etish, moliyaviy va moddiy resurslar ajratish tartibi belgilab berilgan.

O‘zbekistonda yil boshidan beri 65 kishi suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi. Sabablar
28 iyun 2022, 19:23

O‘zbekistonda yil boshidan beri 65 kishi suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi. Sabablar

Yil boshidan beri 65 kishi suvga cho‘kib, halok bo‘ldi, shuning yarmini voyaga yetmaganlar tashkil etmoqda. Qolaversa, 12 kishi suzish vaqtida, 26 kishi esa ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kkan. FVV vakili «Gazeta.uz» ga cho‘kish holatlari, sabablari va cho‘kayotganlarni qanday qutqarish zarurligi haqida so‘zlab berdi (video).

Toshkentda Evos filiallarining birida yong‘in sodir bo‘ldi
22 iyun 2022, 13:16

Toshkentda Evos filiallarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

22 iyun kuni ertalab Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Evos binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Taxminan 40 daqiqadan so‘ng yong‘in o‘chirildi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, jarohat olganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q.

Yozda yong‘inlar konditsioner, muzlatkich va quruq o‘tlar sabab kelib chiqmoqda — FVV
15 iyun 2022, 14:59

Yozda yong‘inlar konditsioner, muzlatkich va quruq o‘tlar sabab kelib chiqmoqda — FVV

Yil boshidan beri 3449 ta yong‘in sodir bo‘lib, unda 82 kishi jabrlangan, 48 kishi esa halok bo‘lgan. FVV yoz oyi boshlanishi bilan yong‘in bilan bog‘liq vaziyat ham faollashganini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, aksariyat yong‘inlarga konditsioner, muzlatgich va quruq o‘tlar yoqilishi sabab bo‘lmoqda.

«Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in chiqdi
11 iyun 2022, 10:26

«Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in chiqdi

Shanba kuni erta tongda Buxoro viloyatidagi «Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika yordamida 1,5 soatda bartaraf etildi.

Farg‘onada do‘l yog‘di (foto, video)
10 iyun 2022, 18:21

Farg‘onada do‘l yog‘di (foto, video)

Juma kuni Farg‘ona viloyatida kuchli shamol esib, yomg‘ir va do‘l yog‘di. Noqulay ob-havo bino tomlarini uchirib ketgan. FVV kuchli shamol oqibatlari bartaraf etilayotganini ma’lum qildi.

To‘rtko‘l trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi
8 iyun 2022, 12:15

To‘rtko‘l trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga 55 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi To‘rtko‘l tumanidan o‘tgan avtomagistralda yonib ketdi. Voqea tunda sodir bo‘lgan, taxminan yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qozog‘istondagi avariya qurbonlari soni oshdi. Jabrlanganlar evakuatsiya qilindi
14 may 2022, 11:23

Qozog‘istondagi avariya qurbonlari soni oshdi. Jabrlanganlar evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus YTHga uchrashi oqibatida jabrlangan 23 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Vafot etgan ikki fuqaro jasadi yashash manzillari — Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborildi. Shanba kuni jarohat olganlarning yana biri olamdan o‘tdi.

Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki kishining jasadi topildi
11 may 2022, 16:24

Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki kishining jasadi topildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sariosiyo tumanida selda oqib ketgan ikki fuqaroning jasadi va mashina «To‘palang» daryosi o‘zanidan topilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting