26 aprel kuni Toshkent mexanika zavodi hududida chiqindilar yonib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, FVV navbatchilik qismiga soat 16:32da sanoat chiqindilari yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Oqibatda 60 kvadrat metrga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.

Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.