22 aprel kuni soat 07:07da Qarshi tumani, «Istiqlol» MFYda joylashgan Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida NEXIA-1 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Shoxobchaning 1 nafar ishchisi tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Hozirda viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.