17 may kuni soat 10:00da Surxondaryo viloyati Termiz shahar S.Termiziy ko‘chasida joylashgan 6-umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yong‘in Termiz shahar FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhlari tomonidan soat 10:40da to‘liq bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Xabarga ko‘ra, tan jaroxati olganlar yo‘q.