Bugun, 27 aprel kuni soat 11:40 da Toshkent viloyati Nurafshon shahrida, «Obod turmush» MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

Oqibatda hodisa sababli bir nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan.

Mazkur holatning tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

«Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy manbalar orqali berib boriladi», — deyiladi xabarda.