13 iyul kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida kuch yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoy tumaniga sel kelganligi, hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.

FVV axborot xizmatining xabar berishicha, 17 iyul kuni tongda sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli (2014 y.t.) bolaning jasadi Kosonsoy soyining «Tagijar» MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.

Endilikda sel kelishi oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.

Avvalroq, Daryo Namangan shahridagi Azimjon Ahmadjonov Kosonsoyga yopirilgan sel oqibatida ikki o‘g‘lini yo‘qotgani, ulardan biri — 6 yoshli Abubakr Rustamov topilgani va 14 iyul kuni dafn etilgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, ikkinchi o‘g‘li — 2014 yilda tug‘ilgan Muhammadyusuf Rustamov esa qidirilayotgani qayd etilgan.