Toshkentdagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

Hodisa 25 iyun kuni, taxminan soat 14:20da Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashxadiy ko‘chasida joylashgan “Peggy‘s Bar&Grill” MCHJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:27da yetib borgan. Yong‘in soat 14:48da o‘rab olinib, soat 15:03da batamom o‘chirilgan.

Yong‘indan “PEGAS BAR GRIL” MCHJ binosining 120 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash bo‘lgan uyning 30 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kv.m maydon saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.