«fvv» tegli maqolalar


Farg‘onada xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi
17 may 2023, 09:21

Farg‘onada xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi

Yozyovon tumanida xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi. Fuqaroga FVB xodimlari yordam ko‘rsatdi. Voqeaga ishchining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Farg‘onada tom bosib qolgan ikki ishchi qutqarib olindi
21 aprel 2023, 15:51

Farg‘onada tom bosib qolgan ikki ishchi qutqarib olindi

Farg‘ona shahrida ta’mirlanayotgan uyning tomi qulab tushib, ikki ishchini bosib qoldi. Ular FVB qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi va shifoxona joylashtirildi.

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi
10 aprel 2023, 09:29

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Karmana tumanidagi 3 qavatli qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 14 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi.

Qamchiq dovonida to‘rtta avtomashina to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
6 aprel 2023, 13:23

Qamchiq dovonida to‘rtta avtomashina to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketdi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi jarohatlandi.

Toshkentdagi omborxonalardan birida yong‘in chiqdi
30 mart 2023, 15:43

Toshkentdagi omborxonalardan birida yong‘in chiqdi

Shayxontoxur tumanidagi plastmassa maxsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. FVV voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
23 mart 2023, 18:17

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida kalava ip ortilgan IVECO rusumli yuk mashinasi kabina qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.

O‘zbekistonda yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi kutilmayapti — FVV
23 mart 2023, 17:15

O‘zbekistonda yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi kutilmayapti — FVV

O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

FVV xodimlari Parkentdagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan 47 nafar fuqaroni olib tushdi
22 mart 2023, 11:07

FVV xodimlari Parkentdagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan 47 nafar fuqaroni olib tushdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz joyga olib tushdi.

«Oilamni qutqargandek bo‘ldim». Turkiyadan qaytgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilarning hikoyalari
25 fevral 2023, 20:57

«Oilamni qutqargandek bo‘ldim». Turkiyadan qaytgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilarning hikoyalari

18 kun davomida Turkiyadagi zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashgan, 18 nafar tirik insonni qutqargan va 200 ga yaqin jasadni olib chiqqan FVV qutqaruvchilari Toshkentga qaytdi. «Gazeta.uz» aeroportda ular bilan suhbatlashib, ko‘rgan-kechirganlari va qutqaruv ishlari haqida so‘radi (video).

«Turkiyadagi yangi zilzilalar oqibatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilarga zarar yetmadi» — FVV
21 fevral 2023, 12:43

«Turkiyadagi yangi zilzilalar oqibatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilarga zarar yetmadi» — FVV

O‘zbekistonlik FVV xodimlari qutqaruv ishlarini olib borayotgan Turkiyaning Hatay viloyatida yangi zilzilalar qayd etildi. Vazirlik matbuot kotibining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, mutaxassislarga zarar yetmagan. Vayrongarchilik joylarida ishlar davom etmoqda.

Qamchiq dovoni qariyb bir kundan keyin ochildi
16 fevral 2023, 23:44

Qamchiq dovoni qariyb bir kundan keyin ochildi

Bir kun avval yopilgan Qamchiq dovoni bo‘ylab avtotransportlar harakati tiklandi. O‘tgan kun davomida ayrim hududlarda qor massalari erishi kuzatildi. Bundan tashqari, qor ko‘chkilarini majburiy tushirish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishini vayronalar orasidan tirik olib chiqdi
13 fevral 2023, 09:42

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishini vayronalar orasidan tirik olib chiqdi

Turkiyaning Hatay va Antakiya hududlarida o‘tayotgan qutqaruv ishlarida o‘zbekistonlik FVV xodimlari yana 2 kishini vayronalar orasidan tirik holda olib chiqdi. Ularga Meksika va Turkiya qutqaruvchilari hamrohlik qildi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada jami 51 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi
9 fevral 2023, 13:16

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada jami 51 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

Turkiyaga ketgan O‘zbekiston FVV xodimlari qutqaruv ishlari boshlangandan buyon 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi. Jarayon davom etmoqda.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi
8 fevral 2023, 11:51

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari tonggacha vayronalar ostidan 21 kishini chiqarib oldi. Ularning 12 nafari vafot etgan. Qolganlari turli tan jarohatlari olgan.

FVV: O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas
6 fevral 2023, 21:34 1

FVV: O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas

FVV O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagani hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligini ma’lum qildi.

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi
6 fevral 2023, 17:59

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi

FVV Andijon tumandagi uchta xonadonda portlash sodir bo‘lganini inkor etib, faqat xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Buning oqibatida uyning 50 kv. metr maydoniga zarar yetgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

FVV aholiga ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya qildi
23 yanvar 2023, 16:55

FVV aholiga ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya qildi

O‘zbekiston bo‘ylab ariq, daryo, ko‘l, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi. FVV muz qoplamalari qalin bo‘lmagani uchun yorilish ehtimoli yuqori ekanini bildirib, fuqarolarni ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikka chaqirdi.

Sergelida Cobalt kanalga tushib ketdi
12 yanvar 2023, 12:36

Sergelida Cobalt kanalga tushib ketdi

Sergeli tumanidan o‘tgan «Qipchoq» kanaliga Cobalt tushib ketdi. Mashina FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi.

FVV aholini ko‘chalarda ehtiyotkorona harakatlanishga chaqirdi
11 yanvar 2023, 16:59

FVV aholini ko‘chalarda ehtiyotkorona harakatlanishga chaqirdi

Rasmiylar aholiga muzlar erib tushishi va daraxt shoxlarining qulashidan ehtiyot bo‘lishni, hushyorlik uchun ko‘chada quloqchin taqib yurmaslikni, aholi turar joylariga kirishda transport vositalarining tezligini kamaytirishni tavsiya qildi.

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
7 yanvar 2023, 09:22

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. 8 ta qutqaruv ekipaji 2,5 soat davomida yong‘inni o‘chirdi. Hodisa oqibatida majmuaning 250 kvadrat metr maydoni yondi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting