«fvv» tegli maqolalar


Kosonsoyda sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi
17 iyul 2021, 12:04

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi

Kosonsoy tumaniga sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi. Endilikda hodisa oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.

Jazirama issiqdan qanday saqlanish mumkin?
4 iyul 2021, 15:44

Jazirama issiqdan qanday saqlanish mumkin?

SSV quyosh urganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Issiqdan saqlanish uchun havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan, tanaga yopishmaydigan kiyimlarni kiyish kerakligi aytildi. FVV eng issiq vaqt — 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.

“Qamchiq”da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
1 iyul 2021, 16:39

“Qamchiq"da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi
28 iyun 2021, 11:03

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.

Toshkentdagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi
25 iyun 2021, 17:49

Toshkentdagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi

Juma kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in korxonaning ichki qismi va tomiga, shuningdek qo‘shni uyning tom qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Qurbonlar va jarohatlar yo‘q, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Toshkentda FVV xodimi fuqarolarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi
9 iyun 2021, 17:38

Toshkentda FVV xodimi fuqarolarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi

Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida ikki nafar fuqaroni qutqarish vaqtida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi halok bo‘ldi.

Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi
9 iyun 2021, 15:29

Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi

Toshkentda ehtiyotsizligi tufayli Damashi kanaliga tushib, cho‘kib ketgan o‘spirinning jasadi qidirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning Bo‘zsu kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib, ammo o‘zi suvdan chiqolmagan fuqaroni qidirish ishlari ham davom etmoqda.

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
17 may 2021, 11:21

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.

Botanika bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi
16 may 2021, 14:12

Botanika bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda Botanika bog‘i orqa tomonidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bog‘ning o‘rmon fondi zarar ko‘rmadi.

Nurafshonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
27 aprel 2021, 13:35

Nurafshonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi.

Toshkent mexanika zavodi hududida chiqindilar yonib ketdi
26 aprel 2021, 17:52

Toshkent mexanika zavodi hududida chiqindilar yonib ketdi

Toshkent mexanika zavodi (sobiq TAPOiCh) hududida sanoat chiqindilari yonib ketdi. Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.

Yong‘in o‘chirish mashinalarida dezinfeksiya ishlarini olib borganlarga chora ko‘riladi — FVV
26 aprel 2021, 15:38

Yong‘in o‘chirish mashinalarida dezinfeksiya ishlarini olib borganlarga chora ko‘riladi — FVV

Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.

Qashqadaryoda NEXIA-1 ga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi
22 aprel 2021, 09:38

Qashqadaryoda NEXIA-1 ga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bir kishi vafot etdi, yana bir nafari jarohatlangan.

Qo‘y podasini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darildi
21 aprel 2021, 14:18

Qo‘y podasini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darildi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida qo‘ylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar mashinadan 130 bosh zotdor qo‘yni qutqara olishgan, hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan. Mashina haydovchisi jabrlanmagan.

O‘zbekistonning bir nechta hududlarida zilzila qayd etildi
13 aprel 2021, 11:43

O‘zbekistonning bir nechta hududlarida zilzila qayd etildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 2 balldan sezildi. Magnituda M=5,4, chuqurligi 191 kmni tashkil etdi.

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi
19 mart 2021, 13:10

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.

Ravshan Xaydarov Toshkent shahar FVBga boshliq etib tayinlandi
9 fevral 2021, 14:24

Ravshan Xaydarov Toshkent shahar FVBga boshliq etib tayinlandi

Toshkent shahar Faqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ravshan Xaydarov tayinlandi. U bundan avval FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i bo‘lgan.

Qayroqqum suv omborining yorilishi haqidagi yolg‘on mish-mishlar rad etildi
15 yanvar 2021, 09:58

Qayroqqum suv omborining yorilishi haqidagi yolg‘on mish-mishlar rad etildi

Sirdaryo aholisi orasida Tojikistonda Qayroqqum suv omborining yorilgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Natijada odamlar uylarini tark etishga harakat qilgan. FVV ushbu yolg‘on mish-mishlarni rad etdi. Aholini tinchlantirish uchun viloyat hokimi bir qator tumanlarga tashrif buyurdi.

Xorazmda gaz portlashi oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etdi
8 yanvar 2021, 09:22

Xorazmda gaz portlashi oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etdi

Xorazm viloyatida uyning devorlari va tomining qulashiga olib kelgan gaz portlashi yuz berdi. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etgan, otasi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Muzlagan yo‘llar sabab Qamchiq dovonida 13 ta avtomashina YTHga uchradi
14 dekabr 2020, 15:54

Muzlagan yo‘llar sabab Qamchiq dovonida 13 ta avtomashina YTHga uchradi

Qamchiq dovonida muzlagan yo‘llar sababli 13 ta avtotransport vositalari YTHga uchradi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting