Jamiyat

Toshkent va Xorazmda qurol va giyohvandlik vositalari saqlagan shaxslar qo‘lga olindi
6 dekabr 2023, 15:33

Toshkent va Xorazmda qurol va giyohvandlik vositalari saqlagan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilikda gumonlanib 19 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimiga jazo tayinlandi
6 dekabr 2023, 15:23

Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimiga jazo tayinlandi

Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimi 4 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilindi. Aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi va undan 23,7 mln so‘m zarar undirildi.

O‘zbekiston o‘quvchilar ko‘nikmasini baholash xalqaro dasturida ilk bor qatnashib, oxirgi o‘ntalikdan joy oldi
6 dekabr 2023, 15:01

O‘zbekiston o‘quvchilar ko‘nikmasini baholash xalqaro dasturida ilk bor qatnashib, oxirgi o‘ntalikdan joy oldi

O‘zbekiston 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so‘nggi o‘ntalikka kirdi. Tadqiqot o‘quvchilar ko‘nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda “zapravka”lar 11 oyda 110,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘rilagani aniqlandi
6 dekabr 2023, 14:50

O‘zbekistonda “zapravka”lar 11 oyda 110,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘rilagani aniqlandi

O‘zbekistonda 11 oyda “zapravka”lar 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdorlariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sud xodimi qamoqqa olindi
6 dekabr 2023, 11:33

Fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sud xodimi qamoqqa olindi

DXX fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sudning katta konsultantini qo‘lga oldi. U 2 kishining oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan. Shuningdek, mahalliy tadbirkordan 6 ming dollar olishda gumonlangan Surxondaryo viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi ham ushlandi.

Toshkent viloyatida 4 yoshli bolani urib dars o‘tgan pedagog ishdan olindi
6 dekabr 2023, 11:00

Toshkent viloyatida 4 yoshli bolani urib dars o‘tgan pedagog ishdan olindi

Tarmoqlarda pedagog 4 yoshli bolani urib, mashg‘ulot o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi va pedagogning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Toshkentda 2 ta “garmoshka”li elektrobus harakatlanishni boshladi
6 dekabr 2023, 10:27

Toshkentda 2 ta “garmoshka”li elektrobus harakatlanishni boshladi

Toshkentdagi 14-sonli yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli elektrobuslar xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ular King Long avtobuslari ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan bonus tariqasida berilgan.

G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi
6 dekabr 2023, 10:11

G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi. U 2017-yildan buyon Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi bo‘lib ishlagan Dilyor Hakimov o‘rnini egalladi.

Toshkentda Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi
6 dekabr 2023, 09:54

Toshkentda Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi

Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

AEXA O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ma’qulladi
6 dekabr 2023, 09:40

AEXA O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ma’qulladi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha beshta yangi loyihani ma’qulladi. Ular orasida yuqori sifatli nur terapiyasi orqali saratondan o‘limni kamaytirish kabilar bor.

Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) Toshkentda ushlandi
5 dekabr 2023, 23:39

Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) Toshkentda ushlandi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan “Salimboy” laqabli tadbirkor Salim Abduvaliyevni qo‘lga oldi.

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi
5 dekabr 2023, 23:13

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxt xalq deputatlari kengashi “Yangi Toshkent” loyihasini hisobga olgan holda Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratilishini ma’qulladi.

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi
5 dekabr 2023, 22:47

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi va Tadweer (BAA) kompaniyasi COP28 doirasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, chiqindilarni elektrga aylantirish zavodini ishga tushirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda
5 dekabr 2023, 19:00

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

24-yanvargacha Click kompaniyasi 1 mlrd so‘m o‘ynaluvchi aksiya o‘tkazmoqda. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilarda har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyati bor.

Test: Disney multfilmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
5 dekabr 2023, 18:55

Test: Disney multfilmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

Rekord darajada ko‘p — 26 ta “Oskar” haykalchasi egasiga aylangan Uolt Disney tavalludiga 5-dekabr kuni 122 yil to‘ldi. U asos solgan Disney studiyasi o‘z filmlari bilan nafaqat bolalar, balki kattalarga ham zavq ulashishda davom etmoqda. “Gazeta.uz” aynan shu studiya multfilmlari haqida test tayyorladi.

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
5 dekabr 2023, 17:19

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023-yil kuzi, xususan, noyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issig‘i bo‘ldi. Faslning so‘nggi oyida harorat +28 darajagacha ko‘tarildi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kam va me’yor atrofida bo‘ldi.

Uzbekistan Airways talabalarga 50 foiz chegirma taqdim etadi
5 dekabr 2023, 16:56

Uzbekistan Airways talabalarga 50 foiz chegirma taqdim etadi

Uzbekistan Airways tomonidan qishki ta’til munosabati bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga 23-dekabrdan 7-yanvargacha 50 foizlik chegirma beriladi.

Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi
5 dekabr 2023, 15:46

Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi

Moskva — Termiz yo‘nalishida uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Qozog‘istonning Aqto‘be shahri xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi
5 dekabr 2023, 13:33

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq tarzidagi ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bunday hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan, dedi vazirlik.

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi
5 dekabr 2023, 13:12

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi

Chilonzor tumanida qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ular fuqaroga pullarni 10 ming dollarga sotgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting