Toshkent shahri va Xorazm viloyatida “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jinoyat qilishda gumonlangan yana 19 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda ikki hudud ichki ishlar boshqarmalari xabar qildi.

Xususan, Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 1968-yilda tug‘ilgan Saidmetov Xusnitdin Мирзакаримовичнинг uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 500 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 1970-yilda tug‘ilgan Axunov Ilyos Икромовичнинг uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 1 gramm “gashish”, 1 gramm “marixuana”, 1 gramm “ko‘knor boshog‘i” giyohvandlik vositalari, bir dona elektron tarozi va ikki dona giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan yelim idishlar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 1980-yilda tug‘ilgan Avliaxanov Azizxon Камаловичнинг uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 0,05 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 2002-yilda tug‘ilgan Jo‘rayev Bekzod Baxtiyor o‘g‘li boshqaruvidagi Lacetti rusumli, davlat raqam belgisi 01 N 396 GC bo‘lgan to‘xtatilib, xolislar ishtirokida o‘tkazilgan 0,05 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Barcha holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun tergov bo‘limiga taqdim etilgan.

Xorazm viloyatida ham kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda “Xavfsiz hudud — dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jarayonda viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolar aniqlanib, gumondorlarning yashash uylarida o‘tkazilgan tintuvlar jarayonida 4 kg 800 grammdan ortiq og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari, 97 dona psixotrop moddalar, 1 ta pnevmatik qurol, 2 ta sovuq qurol (bita va kastet) ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Hozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish), 276-moddasi 2-qismi (Ko‘p miqdorda yoki ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar), 277-moddasi 2-qismiga (Bezorilik) asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 3 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Dastlabki tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda. Bundan tashqari yuqoridagi tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.