Jamiyat

Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
22 noyabr 2023, 09:37

Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Bag‘dod hokimi o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi
21 noyabr 2023, 17:22

Bag‘dod hokimi o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi

Bag‘dod tumani hokimi o‘rinbosari pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltakladi. Direktor ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga yotqizilgan. Oliy ta’lim vazirligi holatni keskin qoraladi. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.

Milliy kutubxona yana 24/7 rejimiga qaytishi kutilmoqda
21 noyabr 2023, 17:02

Milliy kutubxona yana 24/7 rejimiga qaytishi kutilmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kechki vaqtda ham ishlashini ta’minlash uchun budjetdan qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Оktabrda muassasa tunu kun ishlash rejimini to‘xtatgan va bu tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtat ajratilmagani hamda kuz-qish mavsumida elektrni tejash bilan izohlangandi.

Farg‘onada Isuzu va Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi
21 noyabr 2023, 15:51

Farg‘onada Isuzu va Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Uchko‘prik tumanida Isuzu Damas bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 4 nafar shaxs esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda fuqaro shifokorga stul otdi
21 noyabr 2023, 15:30

Toshkentda fuqaro shifokorga stul otdi

Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida fuqaro shifokorga qarata stul otdi. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Toshkent viloyatida homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
21 noyabr 2023, 15:18

Toshkent viloyatida homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruqxonada erta tug‘ish xavfi tashxisi bilan qabul qilingan 26 yoshli ayol vafot etdi. Uning o‘limiga taloq arteriyasining, ichak tutqich tomirlarning spontan yorilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Uning homilasi ham tug‘ilmay nobud bo‘lgan.

Qiziqchi Mamasidiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi
21 noyabr 2023, 14:38

Qiziqchi Mamasidiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiyachi Mamasidiq Sherayev vafot etdi. U Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib ishlagan. Marg‘ilonda askiyachilik maktablari faoliyatiga rahbarlik qilgan.

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin
21 noyabr 2023, 14:34

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin

Deputatlar qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, endi daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Prezident administratsiyasidan Registon maydonigacha: Jahon bolalar kunida binolar moviy tusga kirdi
21 noyabr 2023, 12:53

Prezident administratsiyasidan Registon maydonigacha: Jahon bolalar kunida binolar moviy tusga kirdi

20-noyabr — Jahon bolalar kunida UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan bolalar huquqlarini himoya qilish belgisi sifatida mamlakatdagi ko‘plab binolar moviy tus oldi. Ular qatorida Prezident administratsiyasi binosi hamda Registon maydoni ham bor. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

“Odamlarga baxt uchun do‘stona shahar muhiti kerak”. Parlament muhokamasidan reportaj
21 noyabr 2023, 12:21

“Odamlarga baxt uchun do‘stona shahar muhiti kerak”. Parlament muhokamasidan reportaj

Parlamentda turli idora vakillari ishtirokida poytaxtdagi tirbandliklar, jamoat transportini rivojlantirish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Muhokamada so‘z olganlar, jumladan, jurnalistimiz, ekolog va shaharshunos nimalar haqida so‘z yuritgani — “Gazeta.uz” reportajida.

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi
21 noyabr 2023, 11:14

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi

Toshkent shahrida 82-sonli avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi. 47 yoshli yo‘lovchiga tan jarohati olgani sababli voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Sankt-Peterburgning mehmondo‘stligi Toshkentdagi “Ipak yo‘lidagi turizm” ko‘rgazmasida taqdim etildi
21 noyabr 2023, 11:00

Sankt-Peterburgning mehmondo‘stligi Toshkentdagi “Ipak yo‘lidagi turizm” ko‘rgazmasida taqdim etildi

“Rossiyaning kumush marjoni” va “Imperator” yo‘nalishi bo‘ylab sayohat yoki Sankt-Peterburgning gastronomik yoki biznes turizmga e’tibor qaratmoq — O‘zbekistonga Neva ustidagi shaharni sayohlik yo‘nalishlari taqdim etildi.

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri yuritiladi
21 noyabr 2023, 10:01

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri yuritiladi

Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Unga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.

Toshkentda tez yordam feldsheri qo‘lga olindi
21 noyabr 2023, 09:45

Toshkentda tez yordam feldsheri qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari Toshkent shahri shoshilinch tibbiy yordam markazi feldsherini bemorga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirishda gumonlab, qo‘lga oldi.

Toshkent viloyatidagi “Qanqa shahristoni” yodgorligiga qariyb 14 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
21 noyabr 2023, 09:30

Toshkent viloyatidagi “Qanqa shahristoni” yodgorligiga qariyb 14 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Toshkent viloyatida ikki ming yillik “Qanqa shahristoni” yodgorligiga 3 kishi tomonidan umumiy 13,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jadidlar haqidagi “Armon” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
20 noyabr 2023, 20:09

Jadidlar haqidagi “Armon” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Rejissyor Ruslan Soliyevning jadidchilik tarixi haqida hikoya qiluvchi “Armon” filmi YouTube’ga chiqarildi. Yuzlab ijodkorlar ishtirokida ikki yil tayyorlangan filmning suratga olish ishlari O‘zbekistondan tashqari Rossiya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Unda qo‘shni mamlakat san’atkorlari ham suratga tushgan.

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
20 noyabr 2023, 19:00

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 16 ta shaharda Yangi Nafas sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 150 ming dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatiladi
20 noyabr 2023, 17:55

O‘zbekistonda maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatiladi

Maktablar oldi va kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.

Xorazmda ayol 3 nafar yosh bolani yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi
20 noyabr 2023, 17:25

Xorazmda ayol 3 nafar yosh bolani yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi

Tarmoqlarda ayol 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga ularni va o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat alohida nazoratiga olinganini bildirdi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda toshqin xavfi e’lon qilindi
20 noyabr 2023, 16:40

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda toshqin xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi hisobiga 22−23-noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting