Jamiyat

Sankt-Peterburgning mehmondo‘stligi Toshkentdagi “Ipak yo‘lidagi turizm” ko‘rgazmasida taqdim etildi
21 noyabr 2023, 11:00

Sankt-Peterburgning mehmondo‘stligi Toshkentdagi “Ipak yo‘lidagi turizm” ko‘rgazmasida taqdim etildi

“Rossiyaning kumush marjoni” va “Imperator” yo‘nalishi bo‘ylab sayohat yoki Sankt-Peterburgning gastronomik yoki biznes turizmga e’tibor qaratmoq — O‘zbekistonga Neva ustidagi shaharni sayohlik yo‘nalishlari taqdim etildi.

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri yuritiladi
21 noyabr 2023, 10:01

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri yuritiladi

Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Unga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.

Toshkentda tez yordam feldsheri qo‘lga olindi
21 noyabr 2023, 09:45

Toshkentda tez yordam feldsheri qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari Toshkent shahri shoshilinch tibbiy yordam markazi feldsherini bemorga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirishda gumonlab, qo‘lga oldi.

Toshkent viloyatidagi “Qanqa shahristoni” yodgorligiga qariyb 14 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
21 noyabr 2023, 09:30

Toshkent viloyatidagi “Qanqa shahristoni” yodgorligiga qariyb 14 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Toshkent viloyatida ikki ming yillik “Qanqa shahristoni” yodgorligiga 3 kishi tomonidan umumiy 13,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jadidlar haqidagi “Armon” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
20 noyabr 2023, 20:09

Jadidlar haqidagi “Armon” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Rejissyor Ruslan Soliyevning jadidchilik tarixi haqida hikoya qiluvchi “Armon” filmi YouTube’ga chiqarildi. Yuzlab ijodkorlar ishtirokida ikki yil tayyorlangan filmning suratga olish ishlari O‘zbekistondan tashqari Rossiya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Unda qo‘shni mamlakat san’atkorlari ham suratga tushgan.

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
20 noyabr 2023, 19:00

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 16 ta shaharda Yangi Nafas sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 150 ming dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatiladi
20 noyabr 2023, 17:55

O‘zbekistonda maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatiladi

Maktablar oldi va kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.

Xorazmda ayol 3 nafar yosh bolani yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi
20 noyabr 2023, 17:25

Xorazmda ayol 3 nafar yosh bolani yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi

Tarmoqlarda ayol 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga ularni va o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat alohida nazoratiga olinganini bildirdi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda toshqin xavfi e’lon qilindi
20 noyabr 2023, 16:40

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda toshqin xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi hisobiga 22−23-noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin.

UNICEF va Gavi O‘zbekiston SSVga 3,4 mln dollarlik asbob-uskunalarni topshirdi
20 noyabr 2023, 15:55

UNICEF va Gavi O‘zbekiston SSVga 3,4 mln dollarlik asbob-uskunalarni topshirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi immunizatsiya dasturini raqamlashtirish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida UNICEF va Gavi kompaniyalaridan 3,4 mln dollarlik uskunalarni qabul qilib oldi.

Baraka Market do‘konlarida 16 foizgacha keshbek olish mumkin
20 noyabr 2023, 15:00

Baraka Market do‘konlarida 16 foizgacha keshbek olish mumkin

Baraka Market do‘konlar tarmog‘i xaridlardan qanday qilib 16 foizgacha keshbek olish mumkinligini ma’lum qildi.

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi
20 noyabr 2023, 12:00

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda hafta boshida havo iliq bo‘lib, harorat +24…+27 darajagacha ko‘tariladi. Chorshanba kuni nam havo massasi tarqaladi va respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. 23−24-noyabr kunlari harorat kechasi +3…+6 iliqqacha, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha pasayadi.

Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi
20 noyabr 2023, 11:03

Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi

Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan sakrab, joniga qasd qildi. Voqeadan ikki kun oldin u xotiniga “osmonda uchgisi kelayotgani”ni aytgan. Bosh prokuratura erkak 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turishini bildirdi.

Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi xodimlari Bo‘stonliqda ko‘chat o‘tqazdi
20 noyabr 2023, 09:56

Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi xodimlari Bo‘stonliqda ko‘chat o‘tqazdi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi xodimlari “Yashil makon” loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ko‘chat ekdi.

Suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi
20 noyabr 2023, 09:46

Suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi. U boshlovchi sifatida 8 mingga yaqin konsert va tadbirda ishtirok etgan.

Toshkentda 103 xodimi ayol bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Ish bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi
20 noyabr 2023, 00:09

Toshkentda 103 xodimi ayol bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Ish bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi

Poytaxtda chaqiriqqa borgan tez yordam feldsheri bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Tez tibbiy yordam markazi rahbariyati “Gazeta.uz”ga xodim faoliyati bo‘yicha tekshiruv tayinlangani va ishchi guruh ekpertiza o‘tkazayotganini ma’lum qildi. SSV vakili “Bu ochiq qoladigan masala emas”, deya ta’kidladi.

Toshkentda direktor sinfdoshi bilan mushtlashgan bolani urdi. Holat o‘rganilmoqda
19 noyabr 2023, 21:36

Toshkentda direktor sinfdoshi bilan mushtlashgan bolani urdi. Holat o‘rganilmoqda

Poytaxtdagi 217-maktabda ikki sinfdosh janjal oqibatida mushtlashdi. Direktor bolalarning biriga tanbeh berarkan, uni tepib, haqorat qildi va yuziga tarsaki tushirdi. Holatni huquq-tartibot idoralari o‘rganyapti. Maktab boshqarmasi voqeani qoralab, bu “pedagog obro‘siga putur yetkazishini” ta’kidladi.

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi
19 noyabr 2023, 17:37

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi

“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.

Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev vafot etdi
19 noyabr 2023, 15:46

Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi. U 1992−1996-yillarda Davlat kinokompaniyasining raisi, prezidentning davlat maslahatchisi va madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasiga rais bo‘ldi
19 noyabr 2023, 14:01

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasiga rais bo‘ldi

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. U shu paytga qadar palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting