19-may kuni Namangan shahrida 63-Xalqaro gullar festivaliga start berildi. 1961-yilning avgustidan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan mazkur an’anaviy bayramning ochilishida “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam ishtirok etib, fotoreportaj tayyorladi.

Festival udumiga ko‘ra, soat 10:00 da rang-barang gullarga burkangan 200 dan ziyod mashinadan iborat avtokarvon Namangan xalqaro aeroporti maydonidan Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i sari yo‘l oldi.

10 kilometr masofani bosib o‘tgan avtokarvonda nafaqat retro, balki zamonaviy mashinalarni ham uchratish mumkin. Viloyatdagi turli davlat tashkilotlari, hokimliklar, oliy ta’lim muassasalariga tegishli transport vositalarining har biri o‘ziga xos tarzda bezatilgan.

Tadbirning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov nutq so‘zlab, festival nufuzi yildan-yilga ortib borayotganini qayd etdi.

Viloyat rahbarining ta’kidlashicha, festival arafasida Namangan shahri bo‘ylab 65 turdagi 45 million tupdan ortiq gul va buta ko‘chati o‘tqazildi. Shundan 30 milliondan ziyodi Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga ekilgan. “Afsonalar bog‘i”, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i kabi maskanlarda ham gullar ekilib, kompozitsiyalar yaratilgan.

Joriy yil festivalda 6 million nafardan ziyod ishtirokchi, jumladan, 200 ming nafardan ortiq xorijiy mehmon tashrifi kutilmoqda.

Tadbirning birinchi kuni Xitoy, Koreya, AQSh, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Bolgariya, Turkiya kabi mamlakatlardan davlat takshilotlari vakillari, investorlar va turizm sohasiga aloqador mutasaddilar ishtirok etdi.

Festival doirasida “Buyuk ipak yo‘lida turizm istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti, mashrabxonlik kechalari, folklor jamoalarning chiqishlari singari turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, festival dasturida gullar bilan bog‘liq tadbirlardan tashqari hunarmandchilik namunalari, kitoblar, fotosuratlar, milliy liboslar ko‘rgazmasi ham o‘rin olgan. Mazkur festival 23-iyunga qadar davom etadi.

Avvalgi yillarda mazkur festival qanday o‘tgani bilan quyidagi o‘xshash xabarlar bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Foto

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган


gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган

gullar фестиvaли, наманган