Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva — Termiz yo‘nalishida uchayotgan HY9610 reysi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Aqto‘be (Qozog‘iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:28 da Aqto‘bega qo‘ndi. Havo kemasi yaqin soatlarda manzil aeroporti — Termizga uchib ketishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29-noyabr kuni Qanot Sharq aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Qozog‘iston Aqto‘be aeroportiga favqulodda qo‘ngandi.