Dam olish kunlari kuzatilgan yomg‘irli va salqin ob-havodan so‘ng 20−22-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida dushanbaning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

23−24-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Ushbu kunlarda harorat ko‘tariladi va haftaning o‘rtasiga kelib 24−29 daraja, janubda 30−32 daraja issiqqa yetadi.

22−23-may kunlari cho‘l hududlarda, 24-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 20−24-may kunlar vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi saqlanib turadi.

Poytaxtda dushanbaning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 22−24 daraja iliq bo‘ladi.

21−22-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 14−17, kunduz kunlari 25−27 daraja issiq bo‘ladi.