O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar uchun qishki ta’tilda mamlakat bo‘ylab parvozlarda chegirma taqdim etiladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airways.

Qayd etilishicha, 50 foizlik chegirma talabalar uchun 23-dekabrdan 7-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom-klass uchun amal qiladi.

Chiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Chegirma elektron haridlar uchun amal qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvarigacha davom etadi. Vazirlik bu tartib faqat davlat ta’lim muassasalariga tegishliligi, nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy ekanini bildirgan.