Bundan 122 yil avval — 1901-yilning 5-dekabrida AQShning Chikago shahrida Uolt Disney dunyoga kelgan edi. U hech qachon rassomlikka o‘qimagan bo‘lsa-da, 1923-yili Los-Anjelesda akasi Roy bilan birga Disney Cartoon Studio animatsion filmlar studiyasiga asos soladi. 1924-yili Lyuis Kerrollning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida asari asosida olingan ilk filmini taqdim etadi. 1928-yili esa unga eng katta shuhrat keltirgan multqahramoni — Mikki Maus dunyo yuzini ko‘radi.

1937-yili tarixdagi ilk to‘liq metrajli multfilm — “Oppog‘oy va yetti gnom”ni ekranlarga chiqadi. Aynan shu ishidan so‘ng Uolt Disney multiplikatsiya qiroli deya ta’riflana boshlanadi. “Pinokkio”, “Dambo”, “Bembi”, “Kuloyim”, “101 dalmatin”, “Jungli kitobi”da ham muvaffaqiyat takrorlanadi. Disney aynan “Jungli kitobi” chiqqan 1966-yili vafot etadi, u asos solgan Disney kompaniyasi esa faoliyatini hamon muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Tirikchilik tashvishlari sabab 14 yoshidan gazeta sotishga majbur bo‘lgan yigitcha tomonidan bir asr avval asos solingan kompaniya bugun yillik tushumi bir necha o‘n milliard dollarlar bilan o‘lchanadigan ulkan mediagigantga aylangan. Kompaniya egalik qiladigan jahonga mashhur studiyalar (xususan, Pixar, Marvel Studios, Lucasfilm, 21st Century Fox) tomonidan ishlab chiqarilayotgan kinematografiya va animatsiya ishlanmalari esa millionlab tomoshabinlarning sevimli filmlariga aylanmoqda.

Quyidagi test Disney tomonidan suratga olingan klassik va yangi multfilmlar asosida tayyorlangan.