Toshkent shahri Chilonzor tumanida qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar jami 400 dona 50 dollarlik qalbaki 20 ming dollarni fuqaro K.N.ga 10 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, sudda ushbu jinoyat o‘z isbotini topsa, gumonlanuvchilar ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.