O‘zbekistonda 11 oyda vtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlagani aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Nazorat tadbirlari davomida 38 ta korxona tomonidan 98,8 mln kub tabiiy gaz o‘g‘irlangan. Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ular protsessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta gaz “zapravka” 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Ular hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalarini o‘zgartirgan.