Jamiyat

Senator tanqididan so‘ng yetim bolalarga uy uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
21 dekabr 2023, 16:56

Senator tanqididan so‘ng yetim bolalarga uy uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi

2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.

Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirganlikda gumonlanib hibsga olindi
21 dekabr 2023, 14:13

Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirganlikda gumonlanib hibsga olindi

Bojxona qo‘mitasi xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirib, 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlandi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari u oylab kuzatilgani va noyabr oxirida ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jinoiy guruhning bir necha a’zolari chet elga qochib ketgani aytilmoqda.

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi
21 dekabr 2023, 12:29

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.

Kimyo universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov vafot etdi
21 dekabr 2023, 11:59

Kimyo universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov vafot etdi

O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov 45 yoshida vafot etdi.

RABAD qurilish savdo markazi biznes egalari va ijarachilarga istiqbolli savdo binolarini taklif etadi
21 dekabr 2023, 11:00

RABAD qurilish savdo markazi biznes egalari va ijarachilarga istiqbolli savdo binolarini taklif etadi

Uch qavatli ko‘p funksiyali savdo markazidagi chakana savdo maydoni tadbirkorlar va do‘kon egalari uchun ko‘chmas mulk sifatida va tijorat bilan shug‘ullanish uchun foydali sarmoyadir.

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
21 dekabr 2023, 10:56 1

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 120 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi. Fuqarolarning aksariyati Meksika orqali chegarani kesib o‘tishga harakat qilgan. “Ikki−uch yilda topganimizni 3 oyda berib keldik”, — deydi ulardan biri.

11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq
21 dekabr 2023, 09:42

11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi
20 dekabr 2023, 22:58

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi
20 dekabr 2023, 21:58

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi

Poytaxt IIBB tovlamachilik, bezorilik va giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumonlanayotgan yana besh nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

SSV bir korxona ta’sischilari ishtirokida 435 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
20 dekabr 2023, 21:15

SSV bir korxona ta’sischilari ishtirokida 435 mln so‘mlik tender o‘tkazdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z ehtiyojlari uchun hamda tibbiyot forumlariga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a sifatida tender orqali 435 mln so‘mlik kundalik, bloknot, ruchka va boshqalarni xarid qildi. Tender bir korxonaning ta’sischilari o‘rtasida o‘tkazilgan.

Qanday qilib Polsha universitetlariga o‘qishga kirish mumkin? Otabek Zufarov hikoyasi
20 dekabr 2023, 18:00

Qanday qilib Polsha universitetlariga o‘qishga kirish mumkin? Otabek Zufarov hikoyasi

Otabek Zufarov 2021-yili Polshaning eng yaxshi uchta oliygohidan biri hisoblangan Poznandagi Adam Mitskevich universitetiga o‘qishga kirgan. “Xorij diplomi” loyihasi uchun bergan intervyusida u viza olish qiyinchiliklari va Polsha ta’lim tizimi afzalliklari haqida gapirib berdi.

Toshkentda Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 dekabr 2023, 17:28

Toshkentda Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi fuqaroni urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.

“Archa ostidagi xonadonlar”: NRG Jomiy yangi yil aksiyasini boshladi
20 dekabr 2023, 13:00

“Archa ostidagi xonadonlar”: NRG Jomiy yangi yil aksiyasini boshladi

Turar-joy majmuasi NRG Jomiy aholiga zamonaviy bizness-klass xonadonlarni taklif etadi. Qishki aksiya doirasida TJMda xonadonlarni 20% dan boshlang‘ich to‘lov bilan xarid qilish mumkin.

Senat raisi piyodalar ko‘priklarida lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligini tanqid qildi
20 dekabr 2023, 11:38

Senat raisi piyodalar ko‘priklarida lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligini tanqid qildi

Senat raisi Tanzila Narbayeva poytaxtning qator ko‘chalaridagi ko‘priklar (yerusti piyodalar o‘tish joylari)da lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman mavjud emasligini tanqid qildi. Avvalroq “Gazeta.uz” yerusti piyodalar o‘tish joylari muammolari haqidagi videomaterialini e’lon qilgandi.

Toshkent viloyatida bog‘cha mudirining o‘g‘li 4 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda
20 dekabr 2023, 11:23

Toshkent viloyatida bog‘cha mudirining o‘g‘li 4 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

Keles shahridagi xususiy bolalar bog‘chasida 4 yoshli qizga jinsiy tegajog‘lik qilingani aytilmoqda. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, mazkur ishda bog‘cha mudirining 24 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda.

Qoraqalpog‘istonda oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
20 dekabr 2023, 10:43

Qoraqalpog‘istonda oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Chimboy tumanida bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bo‘lgan. Xonadonda yana ikki kishi hushsiz holda topilib, shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent shahar IIBB Humo Arena majmuasida bo‘ladigan konsertga boruvchilarga tavsiyalar berdi
20 dekabr 2023, 10:19

Toshkent shahar IIBB Humo Arena majmuasida bo‘ladigan konsertga boruvchilarga tavsiyalar berdi

Poytaxt IIBB Humo Arena`da bo‘lib o‘tadigan Hammali & Navai guruhining konsertiga kamida bir soat oldin kelishni va elektron chiptalarni qog‘ozga almashtirishni tavsiya qildi. Avvalroq ushbu majmuaning kirish qismida Jah Khalib konserti boshlanishidan oldin tiqilinch va tartibsizliklar yuz bergandi.

Buxoro tumanining sobiq hokimi va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
19 dekabr 2023, 18:11

Buxoro tumanining sobiq hokimi va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Buxoro tumanining sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi. Ular mansab vakolatini suiiste’mol qilish va vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Bloger Otabek Axliddinov 7 yil 1 oyga qamaldi
19 dekabr 2023, 17:57

Bloger Otabek Axliddinov 7 yil 1 oyga qamaldi

Bloger, Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona-diagnostika bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan Otabek Axliddinovga 7 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tovlamachilik va talon-toroj qilish qilishda aybli deb topilgan.

“Yuksalish” harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini e’lon qilindi
19 dekabr 2023, 17:26

“Yuksalish” harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini e’lon qilindi

“Yuksalish” umummilliy harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi. Nomzodlar egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga ta’sir qilish darajasi, iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi va ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligiga qarab baholangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting