“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda mintaqa ekspertlari ko‘magida Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi.

Ta’kidlanishicha, reytingga kiritilgan ayollar mintaqada turli sohalarga, shu jumladan siyosat, biznes, ta’lim, fan, san’at va ijtimoiy masalalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Nomzodlar ro‘yxati shakllantirilgach, harakatning mintaqa miqyosidagi ekspertlar guruhiga taqdim etilgan. Ekspertlar nomzodlarni ham matematik, ham empirik metodlarga tayangan holda saralagan.

Saralash jarayonining birinchi bosqichida nomzodlar quyidagilarga qarab baholangan:

  • egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga ta’sir qilish darajasi (10 ball);
  • iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi (10 ball);
  • ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligi (5 ball).

Ikkinchi bosqichda mintaqaning 300 yaqin ekspertlar ishtirokida onlayn ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Ovoz bergan ekspertlar tarkibida inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanlar, mintaqaning yetakchi “aql markazlari” rahbarlari, parlamentariylar, akademiklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bor.

yetakchi ayollar, зироат мирзиёеva, марказий осиё, саида мирзиёеva, танзила нарбаеva

Markaziy Osiyoning Top-40 yetakchi ayollari ro‘yxati:

  • Ziroat Mirziyoyeva — “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning birinchi xonimi;
  • Aygul Japarova — “Ene-balaga tirek” jamoat fondi raisi, Qirg‘iz Respublikasinning birinchi xonimi;
  • Azizmo Asadullayeva — Tojikistonning birinchi xonimi;
  • Tanzila Narbayeva — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi;
  • Dunyogo‘zal Gulmanova — Turkmaniston Milliy Gengesh Mejlisi raisi;
  • Saida Mirziyoyeva — O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi;
  • Olga Perepechina — Qozog‘iston Senati raisi o‘rinbosari;
  • Jamila Isayeva — Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi (raisi) o‘rinbosari;
  • Dilrabo Mansuri — Tojikiston Parlamenti raisi o‘rinbosari;
  • Daniya Yespayeva — Qozog‘iston Parlamenti Majilisi raisi o‘rinbosari;
  • Zuhra Ibrohimova — Oliy Majlis Spikeri o‘rinbosari;
  • Tamara Duysenova — Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari;
  • Zulayho Mahkamova — O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari;
  • Roza Otunbayeva — BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti;
  • Ozoda Rahmon — Tojikiston Prezidentining ijroiya apparati rahbari;
  • Zulfiya Suleymenova — Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi;
  • Nurjan Shayldabekova — Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi;
  • Feruza Eshmatova — O‘zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman);
  • Ajar Giniyat — Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri;
  • Aida Balayeva — Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri;
  • Zulfiya Davlatzoda — Tojikiston madaniyat vaziri;
  • Gulnora-Klara Samat — Qirg‘iziston Respublikasining Rossiyadagi elchisi;
  • Madina Abilqasimova — Qozog‘iston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi raisi;
  • Robaxon Mahmudova — O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Umut Shayaxmetova — Qozog‘iston Halyk Bank boshqaruv raisi;
  • Lyazzat Ibragimova — Qozog‘iston “Otbasы banka” boshqaruv raisi;
  • Shoira Sodiqova — Tojikiston “Arvand” banki boshqaruv raisi;
  • Kunsulu Zakariyo — Qozog‘iston Fanlar akademiyasi prezidenti;
  • Svetlana Ortiqova — O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari;
  • Myaxri Byashimova — Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari;
  • Gayane Umerova — O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari;
  • Sevara Nazarxan — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist;
  • Aziza Umarova — O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Delivery Unit loyiha ofisi rahbari, jamoat arbobi;
  • Gulbahor Mahkamova — Tojikiston Tadbirkor ayollar Milliy assotsiatsiyasining boshqaruv raisi;
  • Nozima Davletova — O‘zbekiston Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi;
  • Natalya Nikitenko — Qirg‘iziston Respublikasi davlat va siyosat arbobi;
  • Roza Aytmatova — Qirg‘iziston Respublikasi jamoat arbobi, xizmat ko‘rsatgan ta’lim xodimi;
  • Elvira Surabaldiyeva — Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputati;
  • Irina Matviyenko — O‘zbekistondagi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi;
  • Dinara Oshurakunova — Qirg‘iziston Respublikasi “Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun” koalitsiyasi eksperti;

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining ilk muloqoti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgandi. Muloqot natijasida Markaziy Osiyo ayollarining davlat boshqaruvi, preventiv diplomatiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlik va biznes, madaniyat, ta’lim, fan, san’at, gender tengligi va umuman barqaror rivojlanish sohalarida o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, mintaqa mamlakatlarining tadbirkor ayollari ishtirokida biznes forumlar tashkil etildi.