Jamiyat

Elektr kabelidagi tutashuv sabab “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinini tutun qopladi (video)
28 noyabr 2023, 11:14

Elektr kabelidagi tutashuv sabab “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinini tutun qopladi (video)

Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududni quyuq tutun qopladi. Videolarda tutun yer ostidan chiqayotganini ko‘rish mumkin. Metropoliten va “HET” bunga elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Davlat OTMlarida qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
28 noyabr 2023, 10:51

Davlat OTMlarida qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvarigacha davom etadi. Vazirlik bu tartib faqat davlat ta’lim muassasalariga tegishliligi, nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy ekanini bildirdi.

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi
28 noyabr 2023, 10:23

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bosh prokuratura “Antistrumin” ishi bo‘yicha 3 shifokor ayol hibsga olinganiga munosabat bildirdi
28 noyabr 2023, 09:50

Bosh prokuratura “Antistrumin” ishi bo‘yicha 3 shifokor ayol hibsga olinganiga munosabat bildirdi

“Antistrumin” preparati bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida 3 nafar shifokor ayolning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi tergovning xolis va obyektiv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Yaponiya Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga UTT apparati sovg‘a qildi
28 noyabr 2023, 09:34

Yaponiya Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga UTT apparati sovg‘a qildi

Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga qariyb 100 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparati sovg‘a qildi.

Test: Turkiston muxtoriyati tarixini bilasizmi?
27 noyabr 2023, 21:29

Test: Turkiston muxtoriyati tarixini bilasizmi?

Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.

Toshkent hayvonot bog‘iga jirafa va zebralar olib kelindi (video)
27 noyabr 2023, 19:51

Toshkent hayvonot bog‘iga jirafa va zebralar olib kelindi (video)

Toshkent hayvonot bog‘iga Janubiy Afrikadan 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher olib kelindi. 2022-yilning avgust oyida u yerdagi Alatau laqabli jirafa nobud bo‘lgandi.

“Antistrumin” ishi bo‘yicha uch shifokor ayol qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi prezidentga murojaat yo‘lladi
27 noyabr 2023, 17:29

“Antistrumin” ishi bo‘yicha uch shifokor ayol qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi prezidentga murojaat yo‘lladi

Namanganda uch nafar tibbiyot xodimi bolalarning yoddan zaharlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi ehtiyot chorasini yengilrog‘iga o‘zgartirishni so‘rab, prezidentga xat yo‘lladi.

Foto: Xorazm sholizorlarida somon terimi
27 noyabr 2023, 17:12

Foto: Xorazm sholizorlarida somon terimi

Nukuslik fotosuratchi Azamat Matkarimov ish bilan tez-tez Urganchga boradi. Bu safarlarida u qishloq manzaralari yil davomida qanday o‘zgarishini kuzatadi. Fasllar almashinuvi sholizorlarda ayniqsa yorqin aks etadi. Uning suratlari, masalan, bir lagan palov ortida qancha mehnat yotgani haqida hikoya qiladi.

“Yuzlab qalbaki chiptalar aniqlandi”. iTicket.uz — Jah Khalib konsertiga kirishdagi tiqilinch sababi haqida
27 noyabr 2023, 16:50

“Yuzlab qalbaki chiptalar aniqlandi”. iTicket.uz — Jah Khalib konsertiga kirishdagi tiqilinch sababi haqida

ITicket.uz Toshkentdagi Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan san’atkor Jah Khalib`ning konsertiga ko‘pchilik uchinchi shaxs yoki saytlardan qalbaki chiptalar sotib olgani uchun kira olmaganini ma’lum qildi. Chiptalarni rasmiy manbalar orqali sotib olganlarga pul qaytariladi, dedi kompaniya.

Andijonda erkak konda tosh bosib qolishi oqibatida vafot etdi
27 noyabr 2023, 15:19

Andijonda erkak konda tosh bosib qolishi oqibatida vafot etdi

Buloqboshi tumanidagi konda 46 yoshli erkakning ustiga tosh yumalab, bosib qoldi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.

Termiz shahri hokimi tadbirkorni qamatishga uringani aytildi. Hokimlik unga faqat jarima qo‘llanganini bildirdi
27 noyabr 2023, 14:48

Termiz shahri hokimi tadbirkorni qamatishga uringani aytildi. Hokimlik unga faqat jarima qo‘llanganini bildirdi

Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev chiqindi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarini 15 sutkaga qamatishga uringani xabar qilindi. Hokimlik esa buni rad etib, tadbirkorga chiqindilar o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinmagani va shaharni obodonlashtirish qoidalari buzilgani uchun jarima qo‘llanganini bildirdi.

O‘zbekiston 2023-yil Grin kard orqali viza olishda dunyoda 7-o‘rinni egalladi
27 noyabr 2023, 14:33

O‘zbekiston 2023-yil Grin kard orqali viza olishda dunyoda 7-o‘rinni egalladi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi DV-2023 (Grin kard) dasturi orqali immigratsion vizalarni taqdim etish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Bu mavsumda lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqqan, berilgan vizalar soni esa 3100 dan ko‘proqni tashkil etgan.

Samarqandda profilaktika inspektorini urib, mashinasi oynalarini sindirgan fuqarolar qamoqqa olindi
27 noyabr 2023, 14:08

Samarqandda profilaktika inspektorini urib, mashinasi oynalarini sindirgan fuqarolar qamoqqa olindi

Samarqand shahrida janjal bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiriqqa ko‘ra xonadonga borgan profilaktika inspektori uy egalari tomonidan kaltaklandi. Shuningdek, unga tegishli mashina oynalari sindirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 fuqaro qamoqqa olindi.

Humo Arena`dagi tartibsizliklarda fuqaro vafot etgani haqida xabar kelib tushmagan — IIBB
27 noyabr 2023, 13:00

Humo Arena`dagi tartibsizliklarda fuqaro vafot etgani haqida xabar kelib tushmagan — IIBB

Qo‘shiqchi Jah Khalib konserti vaqti Humo Arena majmuasidagi tartibsizliklar vaqtida fuqarolar jarohatlangani va vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holatlar bo‘yicha xabar kelib tushmaganini ma’lum qildi va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Hafta o‘rtasida harorat pasaya boshlaydi
27 noyabr 2023, 11:56

Hafta o‘rtasida harorat pasaya boshlaydi

O‘zbekistonda 29-noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi. Havo harorati pasayishni boshlaydi va ish haftasining ikkinchi yarmida kechasi +7, kunduzi +15 darajagacha iliq, shimolda kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +10 darajagacha iliqni tashkil etadi.

Tadbirkorlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib 100 mln so‘m bilan taqdirlanib, 2 yil tekshirilmaydi
27 noyabr 2023, 11:39

Tadbirkorlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib 100 mln so‘m bilan taqdirlanib, 2 yil tekshirilmaydi

2024-yildan tadbirkorlar o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi a’lochisi” tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi va uning faoliyati 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.

Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlashda ayblanayotgan ayol qamoqqa olindi
27 noyabr 2023, 11:08

Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlashda ayblanayotgan ayol qamoqqa olindi

Shahrisabz tumanida 14 yoshli qizni 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlab kelgani aytilgan ayol qamoqqa olindi. Ijtimoiy himoya agentligi qiz otasining qaramog‘ida bo‘lgani, onasi esa chet elda ekanini bildirdi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qizning salomatligini tiklash ishlarini olib bormoqda.

Senat tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
27 noyabr 2023, 10:21

Senat tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish doir prinsiplar mustahkamlanmoqda. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuproqqa yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish huquqi belgilanmoqda.

Namangan viloyatida tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida haydovchi vafot etdi
27 noyabr 2023, 09:54

Namangan viloyatida tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida haydovchi vafot etdi

Chortoq tumani tez tibbiy yordam xizmatining Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 103 xizmati haydovchisi vafot etdi, uning hamrohi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting