Jamiyat

Samarqandda 50 sotix yerni $97 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
29 noyabr 2023, 10:24

Samarqandda 50 sotix yerni $97 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Urgut tumanida fuqaro 50 sotix yerni 97 ming dollarga noqonuniy sotishda gumonlanib ushlandi. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali xodimi esa ushbu yer uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi ba’zi hududlarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi
29 noyabr 2023, 10:02

Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi ba’zi hududlarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxtning Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi arim hududlarda gaz ta’minoti 29 va 30-noyabr kunlari 6−8 soatga to‘xtatiladi.

Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi
29 noyabr 2023, 09:43

Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi

Toshkent metrosining “Qo‘yliq” bekatida erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi.

“Bolasidan ayrilgan 66 oilaning bari barbod bo‘ldi”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 17-noyabrdagi sud tafsilotlari
29 noyabr 2023, 09:30

“Bolasidan ayrilgan 66 oilaning bari barbod bo‘ldi”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 17-noyabrdagi sud tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 17-noyabrdagi sudda jabrlanuvchilar tibbiyot xodimlarining noprofessionalligidan, kasalxonalarda kateter kabi buyumlar bo‘lmaganidan shikoyat qildi. “Shu narsa qanday qilib tanqis bo‘lishi mumkin?”, — dedi 1 yashar qizidan ayrilgan ota. Advokatlar esa ekspertlarni savollarga ko‘mdi.

Urganchda jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar ishga tushiriladi
29 noyabr 2023, 09:24

Urganchda jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar ishga tushiriladi

Urganch ko‘chalarida jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi. Shahardagi Tinchlik ko‘chasining bir qismida avtobus yo‘lagi ishga tushdi.

“Odamni diabet emas, o‘ziga nisbatan beparvolik va hurmatsizlik o‘ldiradi”
29 noyabr 2023, 07:30

“Odamni diabet emas, o‘ziga nisbatan beparvolik va hurmatsizlik o‘ldiradi”

Noyabr — diabet haqida xabardorlikni oshirish oyidir. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ushbu kasallik, xususan, yosh bolalarda qanday paydo bo‘lishi, o‘zbekistonlik bemorlarga qanday g‘amxo‘rlik qilinayotgani va ularni yana qanday muammolar qiynayotganini qisqacha o‘rgandi.

Salkam 3 yilda 30 kishi qimmatbaho metallar qazib olish chog‘ida vafot etgan — Senat qo‘mitasi
28 noyabr 2023, 16:55

Salkam 3 yilda 30 kishi qimmatbaho metallar qazib olish chog‘ida vafot etgan — Senat qo‘mitasi

Senat qo‘mitasi yig‘ilishida salkam 3 yilda 30 kishi qimmatbaho metallar qazib olish jarayonida vafot etgani ma’lum qilindi. Bunga xavfsizlik talablariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Toshkent, Namangan, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida noqonuniy qazib olish holatlari ko‘paymoqda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish” maqsadida e’lon qilganlarga jazo berish taklif etildi
28 noyabr 2023, 16:26

Huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish” maqsadida e’lon qilganlarga jazo berish taklif etildi

Ichki ishlar vazirligi huquq-tartibot idoralari xodimlarining faoliyatiga oid foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosini joriy etishni taklif qilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyev bunday tuzatishga qarshi chiqdi.

Farg‘onada 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
28 noyabr 2023, 15:08

Farg‘onada 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Buvayda tumanidan o‘tuvchi Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida Cobalt, Nexia-2, Tico va Hyundai Porter avtomobillari to‘qnashdi. Voqeaga haydovchilarning qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlay olmagani sabab bo‘ldi, ulardan biri shifoxonaga murojaat qildi.

Toshkentdagi maktab o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin — Bosh prokuratura
28 noyabr 2023, 13:37

Toshkentdagi maktab o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin — Bosh prokuratura

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘qigan 8-sinf o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan. Avvalroq Maktab boshqarmasi o‘quvchi elektr tokidan jarohat olmaganini ma’lum qilgandi, bir muddat o‘tib, xabarning bu qismi o‘chirib tashlandi.

Birgina urug‘dan — butun boshli daraxtgacha. Maktablar qanday qilib shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishi mumkin?
28 noyabr 2023, 13:28

Birgina urug‘dan — butun boshli daraxtgacha. Maktablar qanday qilib shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishi mumkin?

Poytaxtdagi 10 ta maktabning o‘quvchilari shaharni ko‘kalamzorlashtirish loyihasida ishtirok etib, urug‘dan daraxt yetishtirishni o‘rganmoqda. Loyiha yakunida mamlakatdagi barcha maktablar uchun qo‘llanma ishlab chiqiladi. “Gazeta.uz” loyiha va uning shaharlarni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi.

Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi
28 noyabr 2023, 13:02

Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi

Deputatlar qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari joriy etish belgilangan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi. Ushbu norma bilan jarima ballari 1 yilda 12 balldan oshsa haydovchi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi. Tizim aslida 2022-yil 1-dekabrda ishga tushishi kerak edi.

Atrofni ifloslantirgan korxona va tashkilotlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish taklif etildi
28 noyabr 2023, 12:05

Atrofni ifloslantirgan korxona va tashkilotlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish taklif etildi

Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyati o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklanadi hamda to‘xtatib turiladi.

Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi
28 noyabr 2023, 11:42

Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktab boshqarmasi buni rad etib, o‘quvchi maktabda hushini yo‘qotgani va ko‘rsatilgan yordamga qaramay, kardiologiya markazida vafot etganini bildirdi.

Elektr kabelidagi tutashuv sabab “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinini tutun qopladi (video)
28 noyabr 2023, 11:14

Elektr kabelidagi tutashuv sabab “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinini tutun qopladi (video)

Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududni quyuq tutun qopladi. Videolarda tutun yer ostidan chiqayotganini ko‘rish mumkin. Metropoliten va “HET” bunga elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Davlat OTMlarida qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
28 noyabr 2023, 10:51

Davlat OTMlarida qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvarigacha davom etadi. Vazirlik bu tartib faqat davlat ta’lim muassasalariga tegishliligi, nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy ekanini bildirdi.

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi
28 noyabr 2023, 10:23

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bosh prokuratura “Antistrumin” ishi bo‘yicha 3 shifokor ayol hibsga olinganiga munosabat bildirdi
28 noyabr 2023, 09:50

Bosh prokuratura “Antistrumin” ishi bo‘yicha 3 shifokor ayol hibsga olinganiga munosabat bildirdi

“Antistrumin” preparati bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida 3 nafar shifokor ayolning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi tergovning xolis va obyektiv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Yaponiya Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga UTT apparati sovg‘a qildi
28 noyabr 2023, 09:34

Yaponiya Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga UTT apparati sovg‘a qildi

Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga qariyb 100 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparati sovg‘a qildi.

Test: Turkiston muxtoriyati tarixini bilasizmi?
27 noyabr 2023, 21:29

Test: Turkiston muxtoriyati tarixini bilasizmi?

Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting