Jamiyat

Jizzaxda 42 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi xodimiga jinoyat ishi ochildi
14 fevral 2024, 11:09

Jizzaxda 42 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi xodimiga jinoyat ishi ochildi

Paxtakor tumanida fermer xo‘jaligi xodimi 42 tup qayrag‘ochni noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 224 mln so‘mlik zarar yetdi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Issiqlik tariflari joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi — Veolia Energy Tashkent
14 fevral 2024, 10:33

Issiqlik tariflari joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi — Veolia Energy Tashkent

Veolia Energy Tashkent Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshirilishini ma’lum qildi. Narxlar 15 foizga oshirilishi kutilmoqda.

Toshkentda aholi uchun issiqlik tariflarini oshirish taklif qilinmoqda
14 fevral 2024, 00:09

Toshkentda aholi uchun issiqlik tariflarini oshirish taklif qilinmoqda

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi kengashga Toshkent shahri aholisi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tarifini 15 foizga oshirishni taklif qildi. Korxona rahbarining aytishicha, hozirda shahar aholisi bazaviy tarifning atigi 14 foizini to‘laydi, qolgani esa shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

13-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
13 fevral 2024, 22:39

13-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Soxta motivatorlarni tartibga solish taklifi, bolasi maktabga bormagani uchun ogohlantirish olayotgan ota-onalar, havo ifloslanishida “aybsiz” bo‘lgan mazut, Minerva city masalasiga to‘xtalgan O‘zLiDeP va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi
13 fevral 2024, 21:35

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi issiqlik stansiyalari va issiqlik markazlari mazutdan foydalanishining Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liqligini rad etdi. Vazirlik Toshkent IESda (ToshGRES) belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga mos keladigan filtrlar o‘rnatilganini ma’lum qildi.

Buxoroda jurnalist tanishi tomonidan pichoqlandi
13 fevral 2024, 20:19

Buxoroda jurnalist tanishi tomonidan pichoqlandi

Shofirkonda Taftish.uz internet nashri muxbiri tanishi bilan kelishmovchilik paytida pichoqlandi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi, gumonlanuvchiga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Deputatlar qoidabuzarlik jarimasi avtomobil egasiga emas, uni boshqargan shaxsga jo‘natilishi haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Tafsilotlar
13 fevral 2024, 19:18

Deputatlar qoidabuzarlik jarimasi avtomobil egasiga emas, uni boshqargan shaxsga jo‘natilishi haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Tafsilotlar

Yo‘l qoidalari buzilganda, avtomobilning egasi emas, uni boshqargan shaxs (ijaraga berilgan shaxslar, yaqin qarindoshlar va boshqalar) javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan rad etildi. O‘zgartirish korrupsiyaga yo‘l ochib berishi ta’kidlandi. Qonun muhokamasi tafsiloti.

Jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasidan reportaj
13 fevral 2024, 18:29

Jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasidan reportaj

Tasviriy san’at galereyasida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi ochilgan bo‘lib, u 18-fevralga qadar davom etadi. Unda 42 eksponat namoyishga qo‘yilgan. Eksponatlar orasida Fitrat va Behbudiy tomonidan yozilgan darsliklar, jurnallar va o‘quv qo‘llanmalari ham bor.

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13 fevral 2024, 17:54

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda ikkala haydovchi va uch yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. DAF yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketdi.

“Soxta motivator va psixologlar faoliyatini tartibga solish kerak” — deputatlar
13 fevral 2024, 16:53

“Soxta motivator va psixologlar faoliyatini tartibga solish kerak” — deputatlar

Qonunchilik palatasi deputatlari — Shahnoza Xolmaxmatova va Gulruh Agzamova “soxta psixologlar” ko‘payib qolgani, ularga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlab, bunday trenerlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan hujjatlarni ishlab chiqish kerakligini bildirdi.

Dars qoldirgan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga ogohlantirish xati yuborilmoqda
13 fevral 2024, 16:19

Dars qoldirgan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga ogohlantirish xati yuborilmoqda

Maktab darslariga sababsiz qatnashmayotgan bolalarning ota-onalariga ogohlantirish xatlari yuborilmoqda, unda ota-onalar farzandlarining ta’lim olishida javobgar ekani eslatilgan. Ta’lim vazirligi bunday choralarning mohiyatini tushuntirdi.

O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin
13 fevral 2024, 15:45

O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayollarga avtobus va yuk avtomobillarini boshqarishga ruxsat etildi. Qayd etilishicha, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sog‘liqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.

Prokuror “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanayotganlarga qanday jazo so‘radi? To‘liq tafsilot
13 fevral 2024, 14:58

Prokuror “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanayotganlarga qanday jazo so‘radi? To‘liq tafsilot

12-fevraldagi sud muzokarasida prokuror Farmagentlikning sobiq rahbari Kariyev, uning ikki o‘rinbosari va Davlat markazining bir xodimiga nisbatan 18 yil, Quramax Medical direktoriga 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. “Gazeta.uz” barcha sudlanuvchilarga so‘ralgan jazoni to‘liq taqdim etadi.

Qoraqalpog‘istondagi Jiltirbas ko‘li xalqaro ahamiyatdagi suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi
13 fevral 2024, 14:24

Qoraqalpog‘istondagi Jiltirbas ko‘li xalqaro ahamiyatdagi suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi

Qoraqalpog‘istondagi Jiltirbas ko‘li xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoqli yerlar ro‘yxatiga kiritildi. 15 yil davomida o‘rganilgan ko‘l Ramsar konvensiyasiga kiritilgan beshinchi tabiiy obyekt bo‘ldi.

DXX to‘rtta viloyatda pora olishda gumonlanayotgan mansabdorlarni ushladi
13 fevral 2024, 12:23

DXX to‘rtta viloyatda pora olishda gumonlanayotgan mansabdorlarni ushladi

DXX Sirdaryoda Milliy gvardiya bo‘limi bosh inspektori, Qashqadaryoda “Hududiy elektr tarmoqlari” bosh muhandisi, Jizzaxda “Toza hudud” bosh hisobchisi, Navoiyda esa Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi sudyasini fuqarolardan vakolatidan foydalanib, pul olgan vaqtida ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Pedagoglar kasbiy sertifikat olish uchun my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ldi
13 fevral 2024, 12:13 1

Pedagoglar kasbiy sertifikat olish uchun my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ldi

Pedagoglar kasbiy sertifikat nazorat sinovida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ldi. Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.

O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ofisi ochildi
13 fevral 2024, 11:45

O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ofisi ochildi

O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ofisi ochildi. U yangi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida joylashgan. IUCN bosh direktori Gretel Agilar ofis va universitetning ochilish marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekistondagi axborot tizimlariga bir haftada 32 mingdan ortiq kibertahdid sodir etildi
13 fevral 2024, 11:41

O‘zbekistondagi axborot tizimlariga bir haftada 32 mingdan ortiq kibertahdid sodir etildi

Bir hafta davomida O‘zbekistondagi axborot tizimlariga 32 156 ta kibertahdid uyushtirilgani aniqlandi. Ulardan eng ko‘pi hukumatga tegishli axborot tizimlariga nisbatan uyushtirilgan bo‘lib, jami ko‘rsatkichning 52,7 foizini tashkil etadi.

Namangandagi Norin daryosi ustiga 482 metrli ko‘prik quriladi
13 fevral 2024, 11:33

Namangandagi Norin daryosi ustiga 482 metrli ko‘prik quriladi

Uychi tumani orqali Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini Namangan viloyati markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘l va Norin daryosi ustiga ko‘prik quriladi, mazkur loyihalarning umumiy uzunligi 17,5 kilometrni tashkil etadi. Ko‘prikning qiymati 53,6 mlrd so‘m bo‘lib, uning uzunligi 482 metr bo‘ladi.

Toshkentdagi maktabdan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi
13 fevral 2024, 10:49

Toshkentdagi maktabdan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Shanba kuni Yunusobod tumanidagi 259-maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting