Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z ehtiyojlari hamda tibbiyot forumlariga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a qilish uchun kundalik, bloknot, ruchka, papka, qog‘oz paket, fleshka, kanselyariya to‘plami va boshqalarni xarid qildi. 435 mln 700 ming so‘mlik tenderda qatnashgan ikki tadbirkor ham bir korxonaga birgalikda egalik qiladi.

Xarid komissiyasi protokoliga ko‘ra, may oyida o‘tkazilgan tenderda ikkita ishtirokchi qatnashgan bo‘lib, ulardan birinchisi Bresso mas’uliyati cheklangan jamiyati hisoblanadi. Mazkur jamiyatning barcha ulushi Jaloliddinov Xusomiddin Xusniddin o‘g‘liga tegishli. Kompaniyaning ustav fondi 2 mlrd 245 mln 850 ming so‘m bo‘lib, amalga oshirayotgan faoliyat turi sifatida soatlar va ulgurji buyumlar savdosi ko‘rsatilgan. Ikkinchi ishtirokchi esa yakka tartibdagi tadbirkor Mirshavkatov Mira’zam Anvar o‘g‘li bo‘lgan.

соғлиқни saqlash vazirligi, tender

Orginfo.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra, ularning ikkisi ham kamida 2023-yil 10-iyulgacha Apriori Trade MCHJ ta’sischilari hisoblangan.

соғлиқни saqlash vazirligi, tender

Hozirga kelib esa mazkur korxona ulushi Jaloliddinov Xusomiddin Xusniddin o‘g‘liga to‘liqligicha o‘tganini ko‘rish mumkin.

соғлиқни saqlash vazirligi, tender

Ta’kidlab o‘tish kerakki, tenderda ishtirokchilarni manfaatlar to‘qnashuvi mezoni bo‘yicha baholashda xarid komissiyasi ularning har ikkisiga 5 balldan 1 ball qo‘ygan. Lekin, shunga qaramay, tender o‘tkazilgan deb topilgan.

соғлиқни saqlash vazirligi, tender

Eslatib o‘tamiz, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga, shuningdek, narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.