Jinoiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida yana besh nafar shaxs jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Hibsga olinganlar ro‘yxati:

  • Alibek Shaxrulloyevich Fayziyev (1985-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish / 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi);
  • Aziz Nabidjanovich Nurmatov (1987) — 165-modda (Tovlamachilik)ning 2-qismi (5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi);
  • Olimjon Shuxratovich Amonov (1990) — 273-moddaning 5-qismi;
  • Bohodir Akmal o‘g‘li Qodirov (1992) — 277-modda (Bezorilik / BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi);
  • Bobur Botir o‘g‘li Ismoilov (1992) — 277-modda 3-qismi (3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan, tergov davom etmoqda.

Ushbu shaxs yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan, ularning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 71−206−45−69, 71−206−49−46, 102 telefon raqamlaridan biriga yoki 99−370−73−94 Telegram manziliga murojaat qilish so‘ralgan. Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi kafolatlanadi.