O‘zida innovatsion yechimlar va asriy an’analarni birlashtirgan NRG Jomiy turarjoy majmuasi biznes-klassga mansub bo‘lgan zamonaviy xonadonlarda oila bilan birgalikda baxtli va xotirjam hayot kechirish imkoniyatini taklif etadi.

Turarjoy majmuasi Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan.

nrg jomiy, реклама

Rivojlangan infratuzilma, qulay transport yo‘nalishlari joylashuvning o‘ziga xosligi hisoblanadi. Zamonaviy turar-joy majmuasida urbanizmning yangi tendensiyalari mujassamlashgan va ilg‘or qurilish texnologiyalaridan foydalanilgan.

nrg jomiy, реклама

NRG developer kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan NRG Jomiy TJM qulay hayot kechirish uchun shinam uylar, 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatish va maishiy masalalarda kafolatlangan ko‘mak taqdim etadi.

Xonadonlar qulay reja asosida barpo etilgan bo‘lib, uylar 12 qavatdan iborat. Majmua hududida yerosti avtoturargohi, mehmonlar uchun maxsus avtoturargoh va omborxonalar mavjud.

nrg jomiy, реклама

NRG`ning asosiy o‘ziga xosligi hududiga mashinalar kirmaydigan yopiq hovli bo‘lib, bolajonlar bu yerda do‘stlari bilan istalgancha o‘ynashlari va vaqtni maroqli o‘tkazishlari mumkin.

Xavfsiz qoplamaga ega o‘yingoh, uzluksiz videokuzatuv, 24/7 rejimida ishlaydigan qo‘riqchilar xavfsizlikni kafolatlaydi. Ota-onalarning esa farzandlaridan ko‘ngli to‘q bo‘ladi.

Bolalar aravachasi bilan sayr qiladigan onalar uchun maxsus yo‘laklar, sokinlik ta’minlanadigan dam olish joylari, barbekyu hududi majmuada istiqomat qiluvchi oilalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Turar-joy majmuasi aholisi uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:

  • yumshoq mebellar bilan jihozlangan kutish hududlari;
  • bolalar aravachalari uchun maxsus joylar;
  • shovqinsiz ishlaydigan liftlar;
  • yopiq parking;
  • veloturargoh;
  • omborxonalar.

NRG Jomiy uylari aqlli texnologiyalar — elektron qulflar, videodomofon, elektr energiyasini tejashga yordam beradigan harakat datchiklari bilan jihozlanadi.

nrg jomiy, реклама

NRG kompaniyasi qishki aksiyalarni e’lon qildi:

  • boshlang‘ich to‘lov — 20% dan boshlab;
  • 100% to‘lov uchun — 18% chegirma;
  • yengil muddatli to‘lov — oylik to‘lov summasi 10 mln so‘m;
  • NRG Club karta egalari uchun 4% gacha qo‘shimcha chegirma — bu NRG Club a’zosiga aylangan mijozlari uchun joriy etilgan noyob sodiqlik dasturi;
  • 30%, 50%, 70% boshlang‘ich to‘lov uchun — bu NRG Club a’zosiga uch oylik muddatli to‘lov dasturi.

Aksiya 31-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil ma’lumotni 1060 telefoni orqali olish mumkin.

Sayt: nrg.uz
Instagram: @nrg_uzbekistan
Telegram: t.me/nrguzb

Reklama huquqlari asosida.