Jamiyat

Sarguzashtlar sari: Dubay sayyohlarni yana nimalar bilan hayratda qoldira oladi
26 oktabr 2023, 15:00

Sarguzashtlar sari: Dubay sayyohlarni yana nimalar bilan hayratda qoldira oladi

Doim o‘zgarib turuvchi go‘zal Dubay tilga olgandan ko‘ra ko‘proq faol ko‘ngilochar hordiqlarni taklif etadi. Visit Dubai ushbu ajoyib kurortda nimalar bilan shug‘ullanish mumkinligini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni tuzdi. U sayyohlarga shaharga takror borganinlarida ham asqotishi mumkin.

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi
26 oktabr 2023, 14:06

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.

Oyiga $10 000 topishni o‘rgatishni va’da qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi
26 oktabr 2023, 12:08

Oyiga $10 000 topishni o‘rgatishni va’da qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi

IIV tarmoqlarda “biznes-trener”ligi bilan tanilgan Islom Ibrohimovni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda. Avvalroq “Subyektiv” uni o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ishda ayblagandi.

Toshkentda yuqori tezlikdagi Weltmeister 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
26 oktabr 2023, 10:31

Toshkentda yuqori tezlikdagi Weltmeister 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Mirobod tumanida orqaga harakatlanayotgan Hyundai avtomobiliga yuqori tezlikdagi Weltmeister elektromobili urilib, so‘ng yana 4 ta mashina bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi.

Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
26 oktabr 2023, 09:53

Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Poytaxtning Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida 26-oktabr soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Prezident ichki ishlar xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi
26 oktabr 2023, 09:45

Prezident ichki ishlar xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan sohaning bir qancha xodimlari “Mardlik”, “Do‘stlik” ordenlari va “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar
25 oktabr 2023, 18:37

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri
25 oktabr 2023, 16:46 1

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri

Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida tunnel quriladi
25 oktabr 2023, 15:30

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida tunnel quriladi

Prezident Qarshida o‘tkazayotgan yig‘ilishida Taxtaqoracha dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirishni topshirdi. Kelgusi yilda mazkur dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel qurilishi boshlanadi. Qolaversa, Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 km yo‘l xitoylik investorlar bilan birga ta’mirlanadi.

UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi
25 oktabr 2023, 15:00

UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi

ICTWeek 2023 haftaligi doirasida UZTELECOM innovatsion yechimlar, internet, mobil aloqa, televizor va uy telefonini o‘z ichiga olgan yangi noyob tarifni taqdim etdi.

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin
25 oktabr 2023, 14:46

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin

Toshkent metropoliteni bekatlarida yo‘lkirani qo‘lni skanerlash orqali to‘lasa bo‘ladigan tizim — Handpay ishga tushirilishi mumkin. U Face ID tizimi barcha bekatlarni qamrab olganidan so‘ng yo‘lga qo‘yilishi aytilmoqda.

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
25 oktabr 2023, 12:56

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Poytaxtdagi 56, 60, 95, 16, 103 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi.

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
25 oktabr 2023, 11:37

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etdi.

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
25 oktabr 2023, 10:25

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

25-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim mahallalarida gaz o‘chiriladi.

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan
25 oktabr 2023, 10:07

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan

Qarshi tumaniga tashrif buyurgan prezident nafaqat shifoxona, balki maktabga ham rejadan tashqari borib ko‘rdi. U o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq berdi
25 oktabr 2023, 09:58

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Hozir muassasa aholini butunlay qamrab ololmaydi. “Ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz”, — dedi prezident.

Ichki ishlar tizimidagi islohotlarimizni xalqimiz sezishi shart — prezident
25 oktabr 2023, 09:05

Ichki ishlar tizimidagi islohotlarimizni xalqimiz sezishi shart — prezident

Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabriklab, tizimni “chinakam xalqchil tuzilma”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Prezident tizimdagi davlat xizmatlarining 80 foizi elektron shaklga o‘tkazilib, byurokratiya va sarsongarchilik bartaraf etilishini bildirdi.

Samolyot bortida tartibni buzgan shaxs Toshkent aeroportida jarimaga tortildi
24 oktabr 2023, 19:34

Samolyot bortida tartibni buzgan shaxs Toshkent aeroportida jarimaga tortildi

Toshkent aeroportida Moskvadan uchib kelayotgan samolyotda mast holda yo‘lovchilarga va bort kuzatuvchilariga xalal bergan shaxs qo‘lga olindi. U 990 ming so‘m miqdorida jarima tortildi.

Jarimalarni oshirishdan tortib, “GAI” aralashuvidan voz kechishgacha. Prezident tanqididan so‘ng deputatlar birdaniga “yona” boshladi
24 oktabr 2023, 19:26

Jarimalarni oshirishdan tortib, “GAI” aralashuvidan voz kechishgacha. Prezident tanqididan so‘ng deputatlar birdaniga “yona” boshladi

Prezident yo‘llarda odamlar o‘lib ketayotganiga deputatlar befarq qolayotganini tanqid qilganidan so‘ng, xalq vakillari “yonishni” boshladi. Ular YTHlarni kamaytirish uchun “GAI” aralashuvidan voz kechish, magistrallarda tezlikni 80−90 km/soatga pasaytirish va fotoradarlarni ko‘paytirish kabilarni taklif qilmoqda.

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida homilador ayolni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi shartli jazo oldi
24 oktabr 2023, 18:12

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida homilador ayolni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi shartli jazo oldi

Yashnobod tumanida Nexia haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 37 haftalik homilador ayolni urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, o‘limidan avval tuqqan o‘g‘li ham halok bo‘ldi. Sud haydovchiga nisbatan uch yil sinov muddati bilan shartli qamoq jazosini tayinladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting