Toshkent shahridagi 6 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga 24−25-oktabr kunlaridan boshlab o‘zgartirishlar kiritiladi, deya xabar qildi “Toshshahartransxizmat”.

Yo‘nalishi o‘zgaradigan avtobuslar:

56-sonli “Tarixteshar mahallasi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati bir tomonlama Furqat va A.Navoiy ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali Chorsu savdo markaziga chapga harakatlangan holda o‘zgartiriladi;

avtobus

60-sonli “Elektrokabel zavodi — Toshkent MUM” avtobus yo‘nalishining harakati ikki tomonlama Shaxrisabz ko‘chasidan A.Temur, I.Karimov ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;

avtobus

95-sonli “Yunusobod 15-dahasi — Aviasozlar ASHB” avtobus yo‘nalishining harakati ikki tomonlama Parkent, Kichik halqa yo‘li, Katta Darxon, Oqqo‘rg‘on, Osiyo ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;

avtobus

16-sonli “Navro‘z bozori — Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Navro‘z bozoridan TTZ ASHBgacha uzaytiriladi;

avtobus

103-sonli “Do‘mbirabod mavzesi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati Do‘mbirabod mavzesidan Chilonzor buyum bozori ASHBgacha uzaytiriladi;

avtobus

148-sonli “Mirishkor mahallasi — Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Mirishkor mahallasidan Olmos mahallasi hududigacha uzaytiriladi.

avtobus