13-may Toshkent vaqti bilan soat 11:44 da Qirg‘izistonda ro‘y bergan zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,6 gradus shimoliy kenglik; 71,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi — M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 208 km shimoliy-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 37 km.
- Kosonsoy tumanida 2 ball, 48 km.