21-oktabr kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining SU-1870 reysi bilan Moskva-Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan O‘zbekiston fuqarosi Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIV Transport va turizm obyektlari xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan erkak jamoat tartibini buzib, behayo so‘zlarni ishlatgan, yo‘lovchilar va bort kuzatuvchilarga xalal bergan.

24-oktabr kuni Sergeli tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, unga nisbatan BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarima jazosini tayinladi.