24-oktabrdan 27-oktabrgacha raqamli texnologiyalar sohasidagi yirik tadbirlardan biri ICTWeek 2023 doirasida UZTELECOM o‘zining unikal konvergent xizmatlarini taqdim etdi. Ushbu xizmat uy interneti, mobil aloqa, televideniye va uy telefonini birlashtiradi. Stend taqdimotida boshqaruv raisning tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anvar Rasulov yangi tarif haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

reklama, uztelecom

“Kompaniyamiz endilikda soddalashtirilgan yechim — konvergent xizmatlarni taqdim etmoqda. Endilikda abonentlarimiz bir nechta xizmatlarni — uy telefoniyasi, interaktiv televideniye, simli internet, mobil aloqani ulab, ularni yagona shaxsiy hisob orqali boshqarishlari mumkin. Endi abonent to‘lovlarining har xil kunlarini eslab qolish yoki bir nechta shaxsiy hisobga ega bo‘lish shart emas — bularning barchasi ancha soddalashtirildi. Taklif qilinayotgan yangi imkoniyatlar barcha segmentlardagi foydalanuvchilar uchun biz tomondan taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlariga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishiga umid qilamiz. Biz xizmatlarimizni takomillashtirish va ularni mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun qulay qilish yo‘lida doimiy ish olib boramiz”, — deb ta’kidladi Anvar Rasulov.

reklama, uztelecom

UZTELECOM faol tatbiq etayotgan yangi WTTx texnologiyasi optik tolali ulanishlar bilan taqqoslana oladigan yuqori tezlikdagi simsiz internetga ulanishni ta’minlaydi.

Hujjatlarni taqdim etmasdan turib mobil tarmoqqa bir zumda ulanish imkonini beruvchi SIM Komat innovatsion xizmati tashrifchilarning alohida e’tiborini tortdi. Face-ID orqali shaxsni tekshirish texnologiyasi SIM-karta sotib olishni sezilarli darajada osonlashtiradi va mijozlarni keraksiz rasmiyatchiliklardan xalos qiladi.

UZTELECOM tomonidan O‘zbnekiston aholisining xavfsizlik va qulaylik darajasini oshiradigan “Video kuzatuv va domofon” yangi integratsiyalashgan xizmatining joriy etilishi muhim yangilik bo‘ldi.

Kompaniya, shuningdek, tadbirkorlar uchun 5G asosidagi tarmoq yechimlarini taklif etadi. UZTELECOM qishloq xo‘jaligi loyihasi misolida fermerlarga dala va o‘simliklar namligi, havo harorati va tuproq sifati kabi muhim ma’lumotlarni masofaviy datchiklar yordamida kuzatish imkoniyatini taqdim etadi.

reklama, uztelecom

Kompaniya abonentlar uchun interaktiv televideniyesining yangi imkoniyatlarini ochadigan Telecom TV xizmatini namoyish etdi. Tadbir doirasida Telecom TV uy kinoteatri orqali tashrif buyuruvchilar ICTWeek 2023 chiptasi hamda Smart TV ham yutib olishlari mumkin.

UZTELECOM stendida o‘ziga xos uslubda yaratilgan UztelecomBot xizmati bor. Ushbu loyihada UZTELECOM xizmatlari haqida keng ma’lumot bazasini ko‘ra olish, sun’iy intellektdan foydalanish tufayli javoblarning yuqori tezligi va aniqligiga ega bo‘lish mumkin.

Self Service, ya’ni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish maqsadida, MyUZTELECOM mobil ilovasi stendi ham taqdim etilmoqda. MyUZTELECOM mobil ilovasiga quyidagi yangilangan funksiya va xizmatlar ham kiritildi:

  • “Moliya” menyusi orqali bank kartalarini ulash va to‘lov operatsiyalarini oson amalga oshirish;
  • Jett investitsiyalar funksiyasi orqali moliya bozorini kuzatish;
  • davlat xizmatlari;
  • Yandex Plus obunasini ulash;
  • Yandex Musiqa`da xit qo‘shiqlarni tinglash;
  • My-ID yuzni aniqlash texnologiyasi orqali foydalanuvchini identifikatsiya qilish;
  • Cashback xizmatlari.

UZTELECOM Tencent CDN-serverlarini (PUBG mashhur o‘yini uchun serverlar) O‘zbekiston hududida lokalizatsiya qilish loyihasini amalga oshirishni boshlaganini e’lon qildi. Hozirgi vaqtda “O‘zbektelekom” AK Markaziy Osiyoda Tencent CDN-serverlarini lokalizatsiya qilish loyihasini amalga oshirgan ilg‘or kompaniyalardan hisoblanadi. PUBG serverlarini lokalizatsiya qilish va ishga tushirish tugallangandan so‘ng, ushbu o‘yinni sevuvchilar serverlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishlari mumkin, bu esa o‘yin Ping`ini (ma'lumotlarni kompyuterdan serverga uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt) va sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi hamda o‘yin tajribasini yaxshilashda yordam beradi.

Bundan tashqari, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi IPO orqali joylashtirish uchun o‘z ustav fondidan jami 5 542 046 dona qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazganligini ma’lum qilindi. Obuna kampaniyasi 2023-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Emissiyaning taxminiy qiymati 33 mlrd so‘mdan 55 mlrd co‘mgacha bo‘lgan diapazonga to‘g‘ri keladi. Portfolio Investments kompaniyasi “O‘zmilliybank” va SQB bilan konsorsiumda “O‘zbektelekom” IPOning anderrayteri hisoblanadi. Joylashtirish kampaniyasining rasmiy boshlanishi 25-oktabr kuni soat 11:00 da ICTWeek 2023 forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Reklama huqulari asosida.