Shavkat Mirziyoyevning Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, soha vakillarining ayrimlar orden va medallar bilan taqdirlandi.

Bunda ularning mamlakat ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, jamoat xavfsizligi, xalq osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish va boshqa xizmatlari inobatga olingan.

“Mardlik” ordeni bilan

Isamov Abdulxamid Mirzayevich — Toshkent shahri Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori taqdirlandi.

“Mardlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdori (hozirda 330 ming so‘m)ning 15 baravari (4 mln 950 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti oladi.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Arzuyev Jambil Jumabayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i;
  • Jumayeva Alyona Shuxratovna — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti.

“Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 30 karrasi (9 mln 900 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti oladi.

“Jasorat” medali bilan

  • Asqarov Ulug‘bek Umaraliyevich — Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi;
  • Axmedov Farruxjon Bayonovich — Samarqand viloyati Urgut tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
  • Niyozov Bekzod Xoliqovich — Toshkent viloyati Chirchiq shahri ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili;
  • Raximov To‘lqinjon Farxadovich — Toshkent shahri Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili;
  • Suvanov Jamshid Eshpulatovich — Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i taqdirlandi.

“Jasorat” medali bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqi (980 ming so‘m)ning 10 karrasi (9 mln 800 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti oladi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali

  • Asadov Azizbek Karomatovich — Buxoro viloyati Olot tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
  • Asanov Sabirdjan Jakayevich — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi;
  • Bahromov Bektemir Raxmonovich — Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
  • Qurbonov Farxodjon Raximovich — Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi;
  • Norqo‘ziyeva Shaxlo Primqulovna — Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya bo‘linmasi katta inspektori;
  • Sultanov Anvar Abidxodjayevich — Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
  • Raximov G‘ulombek Babaxanovich — Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maxsus qabulxona katta nazoratchisi;
  • Shermuxamedov Abdumajid Mavlyanovich — Toshkent shahri Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Yusupov Abdullo Abduraxmonovich — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektoriga berildi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (3 mln 300 ming so‘m) pul mukofoti oladi.

“Shuhrat” medali bilan

  • Davranov G‘olibjon Isomidinovich — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Jabbarov Farxod Axmadovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi;
  • Ishpulatov Abbos Nurmamatovich — Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi 2-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i;
  • Miraxmedov Abror Onarboyevich — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
  • Mo‘minov Bo‘riqul Yodgorovich — Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
  • Palimbetov Baxtibay Jangabayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
  • Ryumin Aleksey Aleksandrovich — Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘ining o‘rinbosari;
  • Tulanov Abdumuxtor Ruzimatovich — Andijon viloyati Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari taqdirlandi.

“Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 5 karrasi (1 mln 650 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti oladi.