Toshkent shahrining Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida 26-oktabr kuni ta’mirlash ishlari sabab gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar qildi.

Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar:

Yashnobod tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

  • “Jo‘rabek” mahallasi;
  • Jo‘rabek, Olot, Bakinskiy, Obod-Makon, Uz-Bum ko‘chalaridagi aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilar.

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

  • Afrosiyob ko‘chasi;
  • Aholi xonadonlari soni — 500 ta;
  • Ulgurji iste’molchilar soni — 5 ta.

Olmazor tumani (11:00 dan 15:00 gacha):

  • Sog‘bon ko‘chasi;
  • Aholi xonadonlari soni — 54 ta;
  • Ulgurji iste’molchilar soni — 5 ta.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.