Jamiyat

Sergelidagi holatdan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
30 sentabr 2023, 10:59

Sergelidagi holatdan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan aholidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Poytaxt hokimligi ta’mirlash ishlari bepul amalga oshirilayotganini eslatib o‘tdi.

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa taomlar”
30 sentabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa taomlar”

Ish va o‘qish sabab oshxonaga kam vaqt ajratayotganlar uchun Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa taomlar” ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ular orasida pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuq oyoqchalari, do‘lma, medovik, napaleon va boshqa taomlar bor.

“Tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi”. Bosh vazir matbuot kotibi Sergelidagi portlash zararini davlat qoplab berayotgani haqida
30 sentabr 2023, 09:46

“Tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi”. Bosh vazir matbuot kotibi Sergelidagi portlash zararini davlat qoplab berayotgani haqida

Sergelidagi aholi turar joy binolari va xonadonlarini ta’mirlash uchun davlat hisobidan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi shu mavzuda bo‘lgan bahs-munozaralardan so‘ng ma’lum qildi.

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo va uning sobiq ta’sischisi Nodir Yunusov haqida nimalar ma’lum?
30 sentabr 2023, 08:35

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo va uning sobiq ta’sischisi Nodir Yunusov haqida nimalar ma’lum?

“Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqaruvchi Samo farmatsevtika kompaniyasi hamta’sischisi Nodir Yunusov AQShda qidiruvda ekani aniqlandi. Yod preparati bilan bog‘liq mojaro fonida u ta’sischilar safidan chiqdi. U va Samo kompaniyasi haqida nimalar ma’lum?

So‘rov: O‘zbekistonda o‘qituvchilarning 15 foizi Open budget loyihasi uchun ovoz to‘plashga jalb qilinganini bildirdi
29 sentabr 2023, 22:27

So‘rov: O‘zbekistonda o‘qituvchilarning 15 foizi Open budget loyihasi uchun ovoz to‘plashga jalb qilinganini bildirdi

O‘zbekistonda anonim so‘rovda qatnashgan 5000 ga yaqin o‘qituvchining 78 foizi rahbariyat qo‘shimcha majburiyat yuklanmaganini ma’lum qildi. 15 foizi Open budget loyihasi uchun ovoz to‘plashga, 7 foizi esa mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ommaviy tadbirlarga jalb qilinganini bildirdi.

29-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
29 sentabr 2023, 22:00

29-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Sergelidagi portlash haqida doimiy xabardor bo‘lib turgan prezident, Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonliklar olgan medallar, uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromad olayotgan Mirzo Ulug‘bek tumani, Gulnora Karimovaga nisbatan kiritilgan ayblov xulosasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
29 sentabr 2023, 21:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

To‘rtta kinopremera, Yevropa kinofestivali, O‘zbek milliy raqs kechasi, “O‘zbekiston solistlari” kamera orkestri konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ziyofatlar va ketma-ket 3 kunlik dam olish davridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Buxoroda erkak o‘zini avtobus tagiga tashlab, joniga qasd qildi
29 sentabr 2023, 17:48

Buxoroda erkak o‘zini avtobus tagiga tashlab, joniga qasd qildi

Buxoroda xorazmlik 23 yoshli erkak o‘zini avtobus g‘ildiraklari ostiga tashlab, voqea joyida vafot etdi. Marhum Toshkentda IELTS imtihonini topshirib, uyiga qaytayotgan bo‘lgan.

Prezident Germaniyadan telefon qilib turibdi. Bosh vazir — Sergelidagi portlash haqida
29 sentabr 2023, 17:27

Prezident Germaniyadan telefon qilib turibdi. Bosh vazir — Sergelidagi portlash haqida

Bosh vazir Sergelida sodir bo‘lgan portlashning ertasi kuni ham hududga borib, aholi bilan muloqot qildi. U prezidentning holat bo‘yicha bosh vazir va hokimga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar qilgani, ularning davlat rahbari e’tiboridan chetda qolmasligini aytdi.

Videoreportaj: Sergelidagi portlashdan zarar ko‘rganlar boshdan kechirganlari haqida
29 sentabr 2023, 16:17

Videoreportaj: Sergelidagi portlashdan zarar ko‘rganlar boshdan kechirganlari haqida

“Gazeta.uz” Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlashdan jabrlanganlar bilan suhbatlashdi. Guvohlar portlash zarbasi ularni qanday orqaga uloqtirib yuborganini so‘zlab berishdi va uyidagi vayronalarni ko‘rsatishdi. Portlash sababi esa hanuz noma’lumligicha qolmoqda.

Qoraqalpog‘iston agrar instituti va Namangan pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi
29 sentabr 2023, 13:06

Qoraqalpog‘iston agrar instituti va Namangan pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Berdiyar Jollibekov, Namangan davlat pedagogika institutiga esa Baxodir Xusanov rektor bo‘ldi.

O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi
29 sentabr 2023, 11:40

O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi

O‘zbekiston hududida so‘nggi 8 oyda 5772 ta YTH sodir etilgan. Unda 5448 nafar kishi jarohatlangan, 1415 nafar kishi esa vafot etgan. Avvalroq mamlakatda yanvar-iyul oylarida 1115 kishi YTH oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

Dam olish kunlari havo quruq va issiq bo‘ladi
29 sentabr 2023, 11:04

Dam olish kunlari havo quruq va issiq bo‘ladi

O‘zbekiston hududining katta qismida dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Toshkent viloyatida chiqindilarni 2-marta belgilanmagan joyga to‘kkan fuqaroning mashinasi musodara qilinmoqda
29 sentabr 2023, 10:47

Toshkent viloyatida chiqindilarni 2-marta belgilanmagan joyga to‘kkan fuqaroning mashinasi musodara qilinmoqda

Toshkent tumanida fuqaroning yuk mashinasi musodara qilinadigan bo‘ldi. U bir necha kun oldin belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini to‘kib ketgani uchun 1 mln 650 ming so‘m jarimaga tortilganiga qaramay, bu harakatini qayta sodir etgan.

2022-yilda tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan — FVV
29 sentabr 2023, 10:36

2022-yilda tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan — FVV

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 131 ta tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan. Ularda 287 kishi vafot etgan bo‘lsa, 300 ga yaqin fuqaro jarohatlangan. Hodisalarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.

Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ba’zi hududlari hamda 3 ta gaz “zapravka”da gaz vaqtincha to‘xtatiladi
29 sentabr 2023, 10:12

Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ba’zi hududlari hamda 3 ta gaz “zapravka”da gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim mavze hamda mahallalarga, shuningdek, 3 ta AGTKSHga 29-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3 kunga issiq suv o‘chiriladi
29 sentabr 2023, 09:33

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3 kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3-oktabrdan 6-oktabrgacha issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

28-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
28 sentabr 2023, 22:00

28-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada chiqqan kuchli portlash tafsilotlari: yong‘in keltirgan zararlar, vafot etgan va jarohatlanganlar, “An-Nasr” futbol klubidan ketgan Jaloliddin Masharipov, Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezd va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi
28 sentabr 2023, 18:12

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi

Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan. Hech kim jarohat olmadi, deyiladi xabarda.

DXSH asosida bog‘cha ochish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi
28 sentabr 2023, 17:17

DXSH asosida bog‘cha ochish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni ochgan tadbirkorlarga bitimga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting