Toshkent shahridagi Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi, deya xabar qildi “Hududgaz Poytaxt”.

Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 25-oktabr kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Mirobod tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:

  • “Yangi Mirobod” mahallasi;
  • “Baynalminal” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 34 ta.

Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:

  • A.Qahhor mahallasi;
  • “Damariq” mahallasi;
  • Bobur mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 58 ta.

Bektemir tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:

  • “Ustozlar” mahallasi;
  • “Zabardast” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 25 ta.

“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.