Jamiyat

Xitoydan kelgan navbatdagi konteyner poyezdi O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga yetkazildi
11 oktabr 2023, 11:20

Xitoydan kelgan navbatdagi konteyner poyezdi O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga yetkazildi

Xitoydan avtomobil qismlari yuklangan 22 konteynerli poyezd dushanba kuni “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston — Afg‘oniston” transport yo‘li orqali Afg‘onistonga keldi.

Andijonda yer maydonini jami 48 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11 oktabr 2023, 10:40

Andijonda yer maydonini jami 48 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Andijonda yer maydonlarini jami 48 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, Qoraqalpog‘istonda esa 85 mln so‘mga davlat yerini fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlandi.

“Ayritom” chegara postida vagon ostiga 2,14 kg opiy yashirilgani aniqlandi
11 oktabr 2023, 09:56

“Ayritom” chegara postida vagon ostiga 2,14 kg opiy yashirilgani aniqlandi

Termizdagi “Ayritom” chegara bojxona postida Afg‘onistondan kirib kelgan yuk poyezdining ostida 2,14 kg opiy yashirilgani aniqlandi.

Ekologiya vazirligi Botanika bog‘ini madaniyat va istirohat bog‘iga aylantirishga qarshi
10 oktabr 2023, 22:03

Ekologiya vazirligi Botanika bog‘ini madaniyat va istirohat bog‘iga aylantirishga qarshi

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Toshkent botanika bog‘i faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hujjat loyihasini tayyorlaganini ma’lum qildi. Vazirlik uning madaniyat va istirohat bog‘iga aylantirilishini tasdiqlamaydi, deyiladi bayonotda.

10-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
10 oktabr 2023, 22:00

10-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasi, zilziladan so‘ng Afg‘onistonga yuborilgan insonparvarlik yordami, elektroskuter va samokatlarni davlat ro‘yxatiga olish rejasi, ishdan olingan “Afrosiyob” poyezdi boshlig‘i, Yandex Go atrofidagi yangiliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

“Zarafshon” milliy bog‘ida 11 ta noqonuniy bino buzib tashlandi (foto)
10 oktabr 2023, 18:52

“Zarafshon” milliy bog‘ida 11 ta noqonuniy bino buzib tashlandi (foto)

Sud qarorlari bilan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 11 noqonuniy bino buzib tashlandi. Ushbu hududdan 39,8 gektar yer ijaraga va qurilish uchun noqonuniy ravishda berilgani haqida avvalroq yozgan edik. Ayni paytda buzilgan binolar o‘rniga daraxtlar ekilmoqda.

Toshkentdagi 14 va 89-sonli avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgaradi
10 oktabr 2023, 17:53

Toshkentdagi 14 va 89-sonli avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgaradi

Poytaxtda harakatlanuvchi 14 va 89-sonli avtobuslarning yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

Olmaliq shahridagi bir nechta xonadonda jo‘mrakdan qon aralash suv keldi
10 oktabr 2023, 17:53

Olmaliq shahridagi bir nechta xonadonda jo‘mrakdan qon aralash suv keldi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida uy egalari jo‘mrakdan qonli suv kelayotgani, bolalar kasal bo‘lib qolganidan shikoyat qildi. Hokimlikka ko‘ra, holat kushxonadagi oqova suv va ichimlik suvi quvuri teshilgani uchun qo‘shilib ketishi sababli kuzatilgan. Ichimlik suvi quvuri yangilanmoqda, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yubordi
10 oktabr 2023, 16:18

O‘zbekiston zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yubordi

7-oktabrdagi kuchli zilzilalardan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga O‘zbekistondan qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yetkazildi. Jo‘natma tarkibida oziq-ovqat va birlamchi tibbiy yordam vositalari bor.

Rasmiylar elektroskuter va samokatlar harakatini tartibga solmoqchi. Bu qanday bo‘ladi?
10 oktabr 2023, 15:26

Rasmiylar elektroskuter va samokatlar harakatini tartibga solmoqchi. Bu qanday bo‘ladi?

IIV yo‘l harakati qoidalariga elektrosamokat va skuterlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlarni kiritmoqchi. 14 yoshga to‘lmaganlarga ularni boshqarishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Ularda piyodalar yo‘laklarida 6 km/soat, yo‘llarda esa 20 km/soat tezlikda harakatlanish mumkin bo‘ladi.

O‘zgidromet juma kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi
10 oktabr 2023, 14:20

O‘zgidromet juma kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi

O‘zgidromet juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Harorat kunduzi +10, kechasi +2 darajagacha pasayishi mumkin.

Sayyohning joyini qo‘shimcha pul evaziga vip klassga o‘zgartirib bergan “Afrosiyob” poyezdi boshlig‘i ishdan olingan
10 oktabr 2023, 13:08

Sayyohning joyini qo‘shimcha pul evaziga vip klassga o‘zgartirib bergan “Afrosiyob” poyezdi boshlig‘i ishdan olingan

Tarmoqlarda xorijlik sayyohning “Afrosiyob” poyezdidagi joyini ekonom klassdan vip klassga o‘zgartirish uchun poyezd boshlig‘iga qo‘shimcha pul bergani aks etgan video tarqaldi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi holat iyul oyida sodir bo‘lgani va boshliq ishdan olinganini bildirdi.

Farg‘onada 6 ta archani quritib qo‘ygan mahalla raisi jarimaga tortildi
10 oktabr 2023, 12:04

Farg‘onada 6 ta archani quritib qo‘ygan mahalla raisi jarimaga tortildi

Buvayda tumanidagi “Bumozor” MFY raisi tegishli choralar ko‘rmasdan 5 yoshli 6 ta archa ko‘chatlarini qurib qolishiga olib kelgani uchun 330 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

O‘zbekistonda 9 oyda 700 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi
10 oktabr 2023, 11:00

O‘zbekistonda 9 oyda 700 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 716 885 nafar chaqaloq tirik tug‘ildi. Ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.

Toshkent viloyatida yigitni o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi
10 oktabr 2023, 10:13

Toshkent viloyatida yigitni o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi

Yangiyo‘l tumanida 25 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi. Voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgani aniqlandi.

Yashnoboddagi Izzat ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi
10 oktabr 2023, 09:59

Yashnoboddagi Izzat ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Poytaxtdagi Izzat ko‘chasining bir qismi suv quvurlari almashtirilishi sabab 10-oktabrdan 30-oktabrgacha transport harakati uchun yopiladi. Ushbu kunlar davomida ko‘chaning tegishli qismidan harakatlanuvchi avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgartiriladi.

9-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
9 oktabr 2023, 21:58

9-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Hafta oxirida kutilayotgan sovuq harorat, Rossiya bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha katta shartnoma muhokamasi, poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlangani, Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotir olayotgan O‘zbekiston, mojaroning asosiy yangiliklari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“O‘ztransgaz” boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
9 oktabr 2023, 17:35

“O‘ztransgaz” boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Muhsin Raxmonov va Shohjahon Safarov “O‘ztransgaz” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari, Jahongir Baybayev esa rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda bir yilda atmosferaga 874 ming tonna sanoat chiqindilari chiqarildi. Qayerdan?
9 oktabr 2023, 17:19

O‘zbekistonda bir yilda atmosferaga 874 ming tonna sanoat chiqindilari chiqarildi. Qayerdan?

2022-yil sanoat korxonalari havoga 874 ming tonna chiqindi chiqardi. Ularning katta qismi neft-gaz, energetika, metallurgiya korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Vazirlar Mahkamasi 2023-yilda 145 korxonada 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlab, tashlanmalarni kamaytirmoqchi.

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” direktori v.v.b. bo‘ldi
9 oktabr 2023, 14:41

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” direktori v.v.b. bo‘ldi

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting