Jamiyat

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” direktori v.v.b. bo‘ldi
9 oktabr 2023, 14:41

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” direktori v.v.b. bo‘ldi

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi.

Buxoroda ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi
9 oktabr 2023, 12:11

Buxoroda ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

Jondor tumanida ikki erkak tanishining uyida ustachilik qilayotgan paytda tok urishi oqibatida vafot etdi.

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi
9 oktabr 2023, 12:05

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

“TashMI”ga $11,5 ming evaziga o‘qishga kiritishga uringanlikda gumonlanganlar ushlandi
9 oktabr 2023, 11:51

“TashMI”ga $11,5 ming evaziga o‘qishga kiritishga uringanlikda gumonlanganlar ushlandi

Fuqarolarni 11,5 ming dollar evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga, 2 ming dollar evaziga esa Samarqanddagi xususiy universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.

Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q — elchixona
9 oktabr 2023, 11:44

Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q — elchixona

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan O‘zbekistonga uchish uchun bemalol aviachipta olishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo‘qolgan yoki yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini xabardor qilish so‘raldi.

Ish haftasi oxirida havo keskin sovuqlashadi
9 oktabr 2023, 11:08

Ish haftasi oxirida havo keskin sovuqlashadi

11-oktabrda O‘zbekistonga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kela boshlaydi. Harorat kechalari +6…+11, shimolda +2…+7, kunduzi +12…+17 darajagacha pasayadi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq bo‘ladi, deydi O‘zgidromet.

Bobur Residence turar-joy majmuasida foizsiz muddatli to‘lovga xonadon sotib olish mumkin
9 oktabr 2023, 11:00

Bobur Residence turar-joy majmuasida foizsiz muddatli to‘lovga xonadon sotib olish mumkin

Jami to‘rtta 16 qavatli uydan iborat Bobur Residence turar-joy majmuasi shaharning markaziy qismlaridan birida joylashgan bo‘lib, mijozlarga qulay shartlardagi muddatli to‘lovlarni taklif qilmoqda.

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi
9 oktabr 2023, 10:53

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi

Surxondaryodagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi noqonuniy kesib olindi. Yil boshidan buyon ayni shu o‘rmon xo‘jaligida 11,5 ming tup tojik kavragi kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetgan.

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi
8 oktabr 2023, 10:27

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qildi.

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash boshlandi
8 oktabr 2023, 10:21

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash boshlandi

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash, jumladan, sun’iy qoplamani mustahkamlash ishlari boshlandi. Uzbekistan Airports jarayon parvozlarga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.

Fanlar akademiyasi taklifi asosida Botanika bog‘i loyihadan chiqarildi — Davaktiv agentligi
7 oktabr 2023, 15:56

Fanlar akademiyasi taklifi asosida Botanika bog‘i loyihadan chiqarildi — Davaktiv agentligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent botanika bog‘i poytaxt hokimligiga berilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasidan chiqarilganini ma’lum qildi. Loyihadan hokimliklar nazoratiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yana 261 ta bog‘ o‘rin olgan.

Bloger Abduqodir Mo‘minovning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
7 oktabr 2023, 14:33

Bloger Abduqodir Mo‘minovning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Apellyatsiya sudi avvalroq 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi
7 oktabr 2023, 14:00

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi
7 oktabr 2023, 13:13

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari vakili sotuvi to‘xtatilgan boshqa dorilarning sotilishiga ruxsat so‘ramoqda
7 oktabr 2023, 12:58

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari vakili sotuvi to‘xtatilgan boshqa dorilarning sotilishiga ruxsat so‘ramoqda

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakili — Quramax Medical MCHJ sotuvi 9 oy oldin to‘xtatilgan boshqa dorilar sotilishiga ruxsat so‘ramoqda. Advokat hozirda 50 turdan ortiq, qiymati 28 mlrd so‘mlik shunday dorilar borligi va ularning sifatsizligini tasdiqlovchi fakt yo‘qligini bildirdi.

Istanbuldan Toshkentga kelayotgan samolyotda sigaret chekkan yo‘lovchi qidiruvda bo‘lib chiqdi
7 oktabr 2023, 11:41

Istanbuldan Toshkentga kelayotgan samolyotda sigaret chekkan yo‘lovchi qidiruvda bo‘lib chiqdi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot yo‘lovchisi Jinoyat kodeksining 276-moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu unga nisbatan bortda sigaret chekkani uchun jarima rasmiylashtirilayotgan vaqtda aniqlandi. Erkak qo‘lga olindi.

Mass-media fondi blogerning jurnalistga qilgan tahdidlarini nomaqbul deb atadi
7 oktabr 2023, 10:15

Mass-media fondi blogerning jurnalistga qilgan tahdidlarini nomaqbul deb atadi

Repost.uz nashri o‘z xodimi Violetta Mustafina bloger Amirxon Shamsiddinovning itni tepmoqchi bo‘lgan videosini e’lon qilganidan so‘ng undan tahdidlar olgani haqida xabar berdi. Mass-media fondi blogerning tahdid va haqoratlarini “mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan” deb atadi.

Nima tayyorlaymiz: Qatlama xamirdan pishiriqlar (Sloykalar)
7 oktabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Qatlama xamirdan pishiriqlar (Sloykalar)

“Olma” qatlamachalari, tovuq va pishloqli yoki shokolad pastali sloyka, nok hamda bananli qatlamachalar — Zira.uz qatlama xamir va turli mahsulotlardan foydalanib, shirin va mazali pishiriqlarni tayyorlash retseptlari bilan bo‘lishadi.

O‘zbekiston Ekopartiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazmaslikka chaqirdi
6 oktabr 2023, 23:21

O‘zbekiston Ekopartiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazmaslikka chaqirdi

Botanika bog‘ini O‘zbekiston hukumatining istirohat bog‘larini boshqarish to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish va unga milliy bog‘ maqomi berilishi kerak, deya ma’lum qildi Ekopartiya. Avvalroq Botanika bog‘ini Fanlar akademiyasidan hokimlik tasarrufiga o‘tkazish rejalaridan xavotir bildirilgan edi.

6-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 oktabr 2023, 22:38

6-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi, Rossiyadan O‘zbekistonga 7-oktabrdan gaz yetkazib berish boshlanishi, “Moskva-Toshkent” reysi bortida vafot etgan yo‘lovchi, Yandex.Go`dan ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashni talab qilgan Soliq qo‘mitasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting