Dubayga ilk bor kelganmisiz yoki bu yerda takror bo‘lishingizmi — farqi yo‘q, sizni ekzotik tuya poygalaridan tortib, to sahro qumtepaliklari bo‘ylab maroqli ralligacha faol dam olish uchun mo‘ljallangan turli-tuman ko‘ngilochar o‘yinlar kutmoqda.

Shu bois, agar faol va ekstremal hordiq chiqarishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unda Dubay siz uchun tog‘ri joy bo‘lishi mumkin. Visit Dubai u yerda nimalar bilan shug‘ullanishingiz mumkinligini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni tuzdi, u sizga doim o‘zgarib turuvchi go‘zal Dubay shahriga takror borganingizda ham asqotishi shubhasiz.

Sahro bo‘ylab safari

Ekstremal hordiq ishqibozlari hordiqni sahro bo‘ylab safaridan boshlaganlari ma’qul. Qumtepaliklarni avtomobilda, kvadrotsiklda yoki tuya ustida zabt etish hamda sendbording sizga maksimal adrenalin quvvatini berishi mumkin.

реклаmа

Yorqin hissiyotlar va ekstrim muxlislari uchun sahroning qumli yuzasi bo‘ylab “suzuvchi” kvadrotsikllarda sayohat qilish unutilmas sarguzashtga aylanishi mumkin.

Kvadrotsikllarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalarning ko‘pchiligi quvvati, o‘lchamlari va boshqa xarakteristikalari bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi modellarning keng tanloviga ega. Shuningdek, ikki o‘rindiqli kvadrotsiklni ham ijaraga olish mumkin.

Ski Dubai tog‘-chang‘i majmuasi

Quloqlaringizga ishonmassiz, biroq Dubayda shoping jarayoni chang‘ida uchish bilan birga juda zo‘r kechadi. Maydoni 22500 kv. m keladigan Ski Dubai yopiq chang‘i majmuasi Mall of the Emirates shoping-mollida joylashgan. Ski Dubai chang‘ida va snoubordda uchish uchun qiyinlik darajasi turlicha bo‘lgan trassalarni, sakrash va fristayl zonalarini hamda stritbol uchun maydonni taklif etadi.

реклаmа

Ushbu kurort maskanda barcha qulayliklar bilan hordiq chiqarish uchun hammasi bor: jihozlar va anjomlar ijarasi, professional instruktorlar, qahvaxona va restoranlar va, hatto, bolalar uchishi va o‘ynashi uchun zona ham mavjud.

Syorfing, vindsyorfing, kaytsyorfing

Dubaydagi Jumayra plyaji allaqachon butun dunyo syorfingchilari uchun ommabop joyga aylangan. U o‘zining ajoyib ob-havo sharoitlari, tiniq toza suvi va ko‘rkam manzaralari bilan katta to‘lqin ishqibozlari uchun haqiqiy jannatning o‘zi. Bu yerda o‘zingizni syorfingda sinab ko‘rishingiz mumkin — plyajda tajribali instruktorlarga ega syorfing maktabi faoliyat ko‘rsatadi.

Vindsyorfing uchun esa Jumayraning shovqinli va gavjum sohilidan uzoqda joylashgan Al-Mamzar plyaji mos keladi. Kuchli shamollar va ochiq dengiz tufayli Al-Mamzar vindsyorfing muxlislarini o‘ziga jalb qiladi, u allaqachon ushbu sport turi bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish uchun sevimli joyga aylangan.

Plyajda barcha zarur anjomlarni ijaraga olish va professional instruktorlar boshchiligida o‘tkaziladigan mashqlarga qo‘shilish mumkin.

Dubayda parashyutdan sakrash

Kuchli hissiyotlarning haqiqiy ixlosmandlari uchun 2023-yil kuzda Sky Dive Dubay afsonaviy Palm Jumeirah yoki Arabiston sahrosi uzra parashyutdan sakrashni taklif etmoqda. Bu borada tajribasi borlar o‘zlarini yakka sakrashda va ikki kishi bo‘lib sakrashda sinab ko‘rishlari mumkin. Yangi kelganlar esa sakrash borasida xavotir olmasalar ham bo‘ladi — instruktorlar ularni samolyot bortiga chiqishlaridan oldin yaxshilab tayyorlaydi.

реклаmа

Sahro uzra havo sharida parvoz qilish

Cheksiz Arabiston sahrosi uzra havo sharidagi parvozlar erta tongda boshlanadi. Bu tongni kutib olish va amirlikning go‘zal manzaralaridan hayratga tushishning yaxshi usuli bo‘la oladi. 1200 m balandlikda sayohatchilarning ko‘z o‘ngida oxiri ko‘rinmaydigan qumtepaliklar, o‘tlab yurgan ohular va purviqor Xajar tog‘lari hozir bo‘ladi. Havo sharlarini tajribali gid-uchuvchilar boshqaradi, ular parvoz paytida xavfsizlikni ta’minlaydi hamda har qanday savolingizga javob berishadi. Parvozdan keyin sizga sarguzashtlaringizdan esdalik sifatida foto va videomateriallarni taqdim etishadi.

реклаmа

Vertolyotda sayr

Dubay panoramasini tomosha qilish uchun shahar uzra parvoz qilish an’anaviy, biroq shu bilan birga taassurotlar borasida boshqalaridan qolishmaydigan usul hisoblanadi. Parvoz vaqti standart 12−22 daqiqa va bir soat atrofida bo‘ladi. Shahar mehmonlari asosan mashhur Atlantis the Palm mehmonxonasining qo‘nish maydonidan foydalanishadi.

реклаmа

XLine Dubai Marina ziplayni

XLine Dubai Marina — bu dunyodagi eng uzun shahar ziplayni hisoblanadi. Siz superyaxtalar va Dubai Marina hududida joylashgan osmono‘par binolar ustidan soatiga 80 km tezlikda uchib o‘tasiz va Marina Mall savdo markazining terrassasiga qo‘nasiz. Parvoz 30 unutilmas lahza davom etadi. Ikkita parallel trassa tufayli ziplaynda ikki kishi bo‘lib uchish mumkin.

Bundan tashqari, sizning katta tezlikda uchishingiz shlemga mahkamlangan GoPro kamerasiga HD formatida yoziladi.

Deep Dive Dubai

Akvalang bilan suvga sho‘ng‘ish ixlosmandlari uchun Dubayda dunyodagi eng chuqur dayving basseyni joylashgan, uning chuqurligi 60,02 m tashkil qiladi. Basseyn tubida “suvga g‘arq bo‘lgan shahar” mavjud, yana suv ostida stol o‘yinlarini o‘ynash, suv ostida tasvirga olish uchun media-zalni ijaraga olish va, hatto, to‘y o‘tkazish ham mumkin.

реклаmа

Mavzuli parklar va akvaparklar

Dubay farzandlari bilan sayohatga chiqqanlar uchun IMG Worlds of Adventure, Legoland Dubai, Motiongate Dubai mavzuli parklarida hamda Legoland Waterpark, Aquaventure va Wild Wadi akvaparklarida ekstremal ko‘ngilochar o‘yinlarning keng tanlovini taqdim etadi.

Ushbu go‘zal shahar tilga olgandan ko‘ra ko‘proq faol ko‘ngilochar hordiqlarni taklif etadi va, shubhasiz, qoyilmaqom plyajlar va zavq-shavqqa to‘ldiruvchi ko‘ngilochar dasturlardan tortib, to shoping va eng talabchan xo‘randalarni ham lol qoldiradigan restoranlargacha bo‘lgan tanlash imkoniyatining kengligi bilan sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi.

Reklama huquqlari asosida.