Siyosat

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi
23 avgust 2023, 11:51

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi

Devid Xofman USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori bo‘ldi. Missiya 2020-yil sentabr oyida ish boshlagan. Mikaela Meredit uning ilk direktori edi. USAID rahbari Samanta Pauer AQSh O‘zbekiston xalqini yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidladi.

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi
23 avgust 2023, 10:30

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi

Senatning 24-avgustdagi yalpi majlisida valyutani tartibga solish, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va yer qa’ri to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari natijalari ham muhokama qilinadi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi
23 avgust 2023, 09:40

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi

Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanganidan keyingi ilk davlat tashrifida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi. Savdo, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, logistika masalalari va boshqalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjonga boradi
21 avgust 2023, 10:40

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti 22−23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi
21 avgust 2023, 10:13

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi

“O‘zneftgazinspeksiya” rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning aniqlashicha, kompaniyaning avvalgi rahbari Behzot Normatov 6 oycha oldin lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasman xabar berilmagan.

Prezident Budapeshtdagi yengil atletika bo‘yicha JCHga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi
21 avgust 2023, 09:27

Prezident Budapeshtdagi yengil atletika bo‘yicha JCHga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi, yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurdi, avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlardan foydalandi?
20 avgust 2023, 12:00

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlardan foydalandi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tahliliga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda eng ko‘p “tadbirkor”, “biznes”, “soliq” so‘zlarini ishlatdi. Tahlil tadbirkorlarning eng dolzarb muammolari soliqlar va kreditlar ekanligini ko‘rsatmoqda.

Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi
20 avgust 2023, 11:57

Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, PA rahbari lavozimi tugatildi, yana ikkita prezident yordamchisi lavozimi joriy etildi, maslahatchilar soni 9 nafardan 11 nafarga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi
20 avgust 2023, 09:59

Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi

Budapeshtga amaliy tashrif bilan borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

O‘zbekistondan Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natildi
19 avgust 2023, 12:28

O‘zbekistondan Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natildi

O‘zbekistondagi jamoat tashkilotlari va o‘zbek ishbilarmonlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yuk Ukrainaga yetkazildi. Ulardan kiyim-kechak hamda tibbiy buyumlar o‘rin olgan. Avvalroq Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar boladan iborat guruh Toshkentga yetib kelgandi.

Qamashi tumaniga hokim tayinlandi
19 avgust 2023, 09:43

Qamashi tumaniga hokim tayinlandi

“Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan Xurshid Usmonov Qamashi tumani hokimi etib tayinlandi.

Paxta xomashyosi narxlaridagi farq tufayli klasterlar 6 trln so‘m zarar ko‘rdi — prezident
18 avgust 2023, 21:43

Paxta xomashyosi narxlaridagi farq tufayli klasterlar 6 trln so‘m zarar ko‘rdi — prezident

2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlari 6 trln so‘m zarar ko‘rdi, dedi prezident. Davlat rahbari qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Vengriyaga boradi
18 avgust 2023, 20:35

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Vengriyaga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19−20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi. U faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami — avliyo Ishtvan kuni tadbirlarida qatnashib, Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha JCH yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni AQShda o‘tadigan birinchi “C5+1” sammitiga taklif qildi
18 avgust 2023, 19:02

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni AQShda o‘tadigan birinchi “C5+1” sammitiga taklif qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Markaziy Osiyo — AQSh” (“C5+1”) formatidagi birinchi sammitga taklif qildi. U sentabr oyi oxirida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining ochilish kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Biznesga qarshi moliyaviy sanksiyalar ko‘rib chiqiladi, eskirgan hisobotlar bekor qilinadi — prezident
18 avgust 2023, 18:37

Biznesga qarshi moliyaviy sanksiyalar ko‘rib chiqiladi, eskirgan hisobotlar bekor qilinadi — prezident

O‘zbekistonda jarimalar tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi uchun ularga qo‘yilgan barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi, dedi prezident. Tadbirkor va soliq organlari o‘rtasidagi nizolar faqat ma’muriy sudda ko‘rib chiqiladi, 2024-yildan takroriy va eskirgan hisobotlar bekor qilinadi.

Markaziy Osiyoning besh mamlakati prezidentlari sentabr o‘rtalarida Dushanbeda uchrashadi
18 avgust 2023, 13:38

Markaziy Osiyoning besh mamlakati prezidentlari sentabr o‘rtalarida Dushanbeda uchrashadi

14−15-sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tojikiston, shuningdek, sammit doirasida 12 ta parallel tadbir, jumladan, iqtisodiy forum, olimlar forumi va faol ayollar uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi.

“Biz birovga qaram bo‘lmaymiz”. Shavkat Mirziyoyev — Afg‘oniston orqali o‘tadigan temiryo‘l haqida
18 avgust 2023, 13:20

“Biz birovga qaram bo‘lmaymiz”. Shavkat Mirziyoyev — Afg‘oniston orqali o‘tadigan temiryo‘l haqida

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda Afg‘oniston orqali o‘tadigan temiryo‘l Janubiy Osiyoga chiqadigan “eng ma’qul, arzon va xavfsiz yo‘l” ekanini aytdi. “Mana shu ikkita katta temiryo‘l bo‘lsa, biz ham tarif orqali manfaat ko‘radigan davlatga aylanamiz, birovga qaram bo‘lmaymiz”, — dedi prezident.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston davlat idoralariga 213 ming yevroga teng texnik jihozlarni topshirdi
18 avgust 2023, 11:46

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston davlat idoralariga 213 ming yevroga teng texnik jihozlarni topshirdi

Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekistonning DXX Chegara qo‘shinlari, Bojxona instituti, Tashqi hamda Ichki ishlar vazirligiga jami 213,3 ming yevroga teng texnikalarni topshirdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo aylanmasini oshirish va hamkorlikni muhokama qildi
18 avgust 2023, 10:29

O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo aylanmasini oshirish va hamkorlikni muhokama qildi

2023-yilning 5 oyi davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13,3 foizga o‘sib, 215,8 mln dollarga yetdi, deya xabar qilindi hukumatlararo qo‘shma komissiyaning Cho‘lponotadagi yig‘ilishida. Tomonlar bu ko‘rsatkichni 2 mlrd dollarga yetkazish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi
18 avgust 2023, 09:57

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi deyarli barcha rahbarlarni ishdan bo‘shatib, ularning faoliyatini tekshirishga topshiriq berdi. Hokim bo‘sh o‘rinlarga yoshlar ishga olinishi, hududga “yangi qon” kerakligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting