22-avgust kuni Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi yig‘ilishida qirq to‘rtinchi yalpi majlisni 24-avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Majlisda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rganish natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.