Siyosat

“Bu O‘zbekistonga tajovuz qilishdek gap”. Jamoatchilik — rossiyalik siyosatchining SSSR hududlarini qayta tiklash taklifi haqida
21 dekabr 2023, 17:49

“Bu O‘zbekistonga tajovuz qilishdek gap”. Jamoatchilik — rossiyalik siyosatchining SSSR hududlarini qayta tiklash taklifi haqida

Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepin SSSRga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni tiklash taklifi bilan chiqdi. U misol sifatida O‘zbekistonni qo‘shib olib, u yerda rus tilini o‘rgatish kerakligini aytdi. Jamoatchilik taklifni mustaqillikka tajovuz sifatida baholab, TIV rasmiy nota yuborishi kerakligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisini Misr prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi
21 dekabr 2023, 17:29

Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisini Misr prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisini saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi. 10−12-dekabr kunlari o‘tkazilgan saylovlarda 89,6 foiz ovoz yig‘gan as-Sisi ketma-ket uchinchi muddatga Misr prezidenti etib saylandi.

Oliy sudga 3 nafar sudya saylandi
21 dekabr 2023, 12:32

Oliy sudga 3 nafar sudya saylandi

Senatning 48-yalpi majlisida Elza Shamsutdinova va Baxodir Ergashev 10 yil muddatga, Anvar Elmuradov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylandi. 8 nafar sudya lavozimidan ozod etildi.

“Buni bajarolmasak, ishlashga noloyiqmiz”. Energetika vaziri — 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki talabni 100 foiz qondirish vazifasi haqida
21 dekabr 2023, 11:06

“Buni bajarolmasak, ishlashga noloyiqmiz”. Energetika vaziri — 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki talabni 100 foiz qondirish vazifasi haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov YouTube`dagi “O‘zi nima gap?” loyihasiga bergan intervyusida 2024-yildan energoresurslarga bo‘lgan ichki ehtiyojni 100 foiz qoplash vazifasi qo‘yilganini bildirdi. “Agar buni bajarolmasak, nafaqat men, balki tizimdagi barcha mas’ullar ishlashga noloyiqmiz”, — dedi u.

Fariddin Nasriyev O‘zbekistonning Erondagi elchisi bo‘ldi
21 dekabr 2023, 09:52

Fariddin Nasriyev O‘zbekistonning Erondagi elchisi bo‘ldi

Fariddin Nasriyev O‘zbekistonning Erondagi elchisi bo‘ldi. U shu paytgacha Qozon shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.

“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang bo‘lmasa, mamlakat rivojlanmaydi” — prezident
20 dekabr 2023, 21:27

“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang bo‘lmasa, mamlakat rivojlanmaydi” — prezident

Shavkat Mirziyoyevga ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, elektr ta’minoti billingiga doir rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Davlat tashkilotlariga budjet mablag‘lari hisobidan korporativ yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi
20 dekabr 2023, 15:34

Davlat tashkilotlariga budjet mablag‘lari hisobidan korporativ yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi

Bosh vaziri Abdulla Aripov barcha davlat tashkilotlariga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram dasturxoni yozishni va korporativ yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqladi.

“Halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir — Shavkat Mirziyoyev
19 dekabr 2023, 15:59

“Halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofotning taqdirlash marosimida “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. U Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi hamda korrupsion surishtiruv instituti joriy etishni taklif qildi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi
19 dekabr 2023, 15:48

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi

Prezident Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
19 dekabr 2023, 14:51

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi

O‘zbekiston prezidenti va Qatar amiri korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monumentini ochib berdi. “Qo‘l ko‘rinishida kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi”, — deyiladi xabarda.

Beruniy tumaniga yangi hokim tayinlandi
19 dekabr 2023, 14:28

Beruniy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ikrom Xidirov Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani hokimi etib tayinlandi.

Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev qo‘lga olindi
19 dekabr 2023, 12:38

Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayevni qo‘lga oldi. U bu lavozimga to‘rt oy avval tayinlangandi.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 dekabr 2023, 10:18

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan Burhon Kuldashev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qatar amiri O‘zbekistonga keladi
18 dekabr 2023, 20:12

Qatar amiri O‘zbekistonga keladi

19-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida qatnashish uchun Qatar amiri Toshkentga keladi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham bo‘ladi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Voitov qanday jinoyatda gumon qilinmoqda?
18 dekabr 2023, 19:46

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Voitov qanday jinoyatda gumon qilinmoqda?

Oliy sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bosh prokuror o‘rinbosari iltimosnomasidan so‘ng hibsga olingani haqida xabar berdi. U o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi
18 dekabr 2023, 16:12

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonda bolalar tashkilotini tuzish taklif etilmoqda
16 dekabr 2023, 14:23

O‘zbekistonda bolalar tashkilotini tuzish taklif etilmoqda

“Kamalak” bolalar tashkiloti negizida O‘zbekiston bolalar tashkilotini tuzish reja qilinmoqda. Bu bolalarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishga, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishi kerak. Davlat rahbariga o‘tayotgan yilda yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi.

Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
16 dekabr 2023, 10:25

Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 48-yalpi majlisi 18-dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda qilinayotgan ishlar yuzasidan vazirlik axboroti eshitiladi.

“Ahvol G‘azo sektori va Ukrainada jiddiy, qolgan joyda bartaraf qilsa bo‘ladi” — Toshkent viloyati hokimi
14 dekabr 2023, 10:51

“Ahvol G‘azo sektori va Ukrainada jiddiy, qolgan joyda bartaraf qilsa bo‘ladi” — Toshkent viloyati hokimi

Toshkent viloyati hokimi gaz va elektr energiyasi bo‘yicha muammolarni “bugun-erta” hal etish topshirig‘ini berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi rahbarlar vaziyatning jiddiyligi haqida gapirganda “pashshadan fil yasamoqda”. “Ahvol G‘azo sektori va Ukrainada jiddiy. Qolgan joyda bartaraf qilsa bo‘ladi”, — dedi u.

Prezident Toshkentdagi mahallalarga borib, obyektlarning qishga tayyorgarligini tekshirdi
12 dekabr 2023, 23:02

Prezident Toshkentdagi mahallalarga borib, obyektlarning qishga tayyorgarligini tekshirdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi mahallalar va Uchtepa tumanidagi issiqlik markazida bo‘lib, obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting