Siyosat

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi
12 avgust 2023, 08:15

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi

Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.

O‘zbekiston prezidenti mutasaddilarga qish yaqinlashayotganini eslatdi
11 avgust 2023, 17:26

O‘zbekiston prezidenti mutasaddilarga qish yaqinlashayotganini eslatdi

O‘zbekiston prezidenti Buxoroda o‘tgan yig‘ilishda energetika resurslaridagi yo‘qotilishlar va kuz-qish mavsumiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilmayotganini tanqid qildi. Sovuq kunlarda energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun rahbarlarga favqulodda ish rejimiga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.

Toza havo hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi — prezident
11 avgust 2023, 15:44

Toza havo hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi — prezident

O‘zbekiston prezidenti hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar sustligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sug‘orish tizimi yo‘qligi sababli 10 mln nihol nobud bo‘lgan. U bundan buyon ekologik vaziyatni yaxshilash hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.

Buyuk Britaniyaning yangi elchisi Timoti Smart O‘zbekistondagi faoliyatini boshladi
10 avgust 2023, 15:23

Buyuk Britaniyaning yangi elchisi Timoti Smart O‘zbekistondagi faoliyatini boshladi

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Smart Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusхasini topshirdi.

Prezident Buxoroga tashrif buyuradi
10 avgust 2023, 13:46

Prezident Buxoroga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kun davomida Buxoro viloyatida bo‘ladi. Tashrif davomida O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi kutilmoqda.

Buxoro viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
10 avgust 2023, 09:24

Buxoro viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jalol Arashov va Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi O‘zbekiston prezidentiga 5,2 mlrd dollarlik loyihalarni taqdim etdi
9 avgust 2023, 23:31

Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi O‘zbekiston prezidentiga 5,2 mlrd dollarlik loyihalarni taqdim etdi

Prezident Cengiz Holding kompaniyasining 5,2 mlrd dollarlik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishni topshirib, Jizzaxda 520 MVt li IES qurilishini boshlab berdi. Turkiyalik investor Taxtaqoracha dovoni orqali tunnel qurish, konlarni o‘zlashtirish va energetika obyektlarini boshqarishni rejalashtirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
9 avgust 2023, 22:47

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyevning Vladimir Putin telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish muhokama qilindi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, gumanitar almashinuvni davom ettirishga e’tibor qaratildi.

Bosh prokurorga ikki oʻrinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 11:38

Bosh prokurorga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bosh prokurorga ikki o‘rinbosar, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi.

Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi
9 avgust 2023, 11:02

Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi

Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 09:22

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Anvar Karimov qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
8 avgust 2023, 23:21

Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

General-mayor Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Vazirning avvalgi o‘rinbosari Azizbek Ikramov yaqinda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda
8 avgust 2023, 16:36

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda

Avgust oyida Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi
8 avgust 2023, 15:50

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti tavsiyasiga binoan iqtisodiyot va moliya vazirining yana bir o‘rinbosari — Erkin Rustamov Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Jamshid Xudoyev Jondor tumani hokimi etib tayinlandi
8 avgust 2023, 14:43

Jamshid Xudoyev Jondor tumani hokimi etib tayinlandi

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinborsar etib tayinlanganidan so‘ng ishdan ketgan San’atilla Hikmatov o‘rnini Jamshid Xudoyev egallab, Jondor tumani hokimi bo‘ldi. U tumandagi “Chinor” fermer xo‘jaligini boshqarib kelayotgandi.

O‘zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
8 avgust 2023, 11:55

O‘zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston prezidenti Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Avvalroq senatorlar ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagandi.

Halimjon Safarov Buxoro tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
8 avgust 2023, 11:42

Halimjon Safarov Buxoro tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Halimjon Safarov prezident tanqididan so‘ng ishdan olingan Xayrillo Jo‘rayevning o‘rniga Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Botir Ahmedov esa Buxoro viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l hokimi v. b. bo‘ldi
7 avgust 2023, 21:44

Vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l hokimi v. b. bo‘ldi

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l shahar hokimi v. b. bo‘ldi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev energiya ta’minoti va chiqindilarni olib chiqib ketish shaharning asosiy muammolari ekanini aytib, shaharni tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli aksiya tashkil etishga va’da berdi.

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi
7 avgust 2023, 20:46

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi

Prezident qarori bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlandi.

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 18:58

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

“Qishloq qurilish bank"da departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Mirzayev Toshkent viloyati Bekobod tumaniga hokim bo‘ldi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev avvalgi tuman hokimini nima sababdan ishdan bo‘shatganiga izoh berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting