25-aprel kuni O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Prezidentning topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lunch) o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Hamrayev va Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto

afg‘onистон, insonparvarlik yordami

afg‘onистон, insonparvarlik yordami

afg‘onистон, insonparvarlik yordami

afg‘onистон, insonparvarlik yordami

afg‘onистон, insonparvarlik yordami

afg‘onистон, insonparvarlik yordami